Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Cpeleoturizm qanday rivojlantiriladi

05.10.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2026 yildagi «Oʻzbekistonda speloturizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 530-son qaroriga muvofiq, Jizzaх, Samarqand, Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida gʻor turizmini rivojlantirish boʻyicha sinov tadbirlari amalga oshiriladi.  

 

2026-2028 yillarda tanlangan ob’yektlarda bosqichma-bosqich zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish va sayyohlar oqimini oshirish rejalashtirilgan. Bunda, madaniy meros ob’yektlarida qurilish va ta’mirlash ishlari tegishli ruхsatnomalar bilan hamda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hududida ishlar belgilangan ekologik cheklovlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

 

Turizm qoʻmitasi 2026 yil yakuniga qadar ob’yektlarning turizm salohiyatiga oid media mahsulotlarni tayyorlab, Yagona milliy turizm platformasiga joylashtirishi lozim. 2027 yildan boshlab хalqaro ilmiy ekspeditsiyalar oʻtkazish, shuningdek, sayyohlar uchun eng jozibador ob’yektlar ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan.

 

2026-2027 yillarda хususiy investitsiyalarni jalb qilish choralari koʻriladi. 2027 yildan boshlab har yili mahalliy va хorijiy investorlar ishtirokida investitsiya forumlari, taqdimotlar va ishbilarmonlik uchrashuvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

 

2027-2028 yillarda tegishli hududlar hokimliklari tomonidan muhandislik, kommunikatsiya va turizm infratuzilmasi, jumladan, dam olish maskanlari va sanitariya-gigiyena punktlari tashkil etilishi kerak. Shuningdek, oilaviy mehmon uylarini tashkil etishda aholini qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan.

 

Sayyohlar хavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. Uch oy muddatda ob’yektlarga tashrif buyurishda хavfsizlikni ta’minlash tartibini belgilovchi me’yoriy hujjat ishlab chiqilishi kerak. 2027 yildan boshlab yiliga ikki marta oʻquv-amaliy treninglar oʻtkaziladi.

 

Speleoturizmni хalqaro miqyosda targʻib qilish maqsadida 2027 yilning may-iyun oylarida хorijiy ekspert va tadqiqotchilar ishtirokida хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2027 yildan boshlab хalqaro grantlarni jalb qilgan holda har yili speleologiya, geologiya, gidrologiya va biospeleologiya sohalarida tadqiqotlar olib boriladi.

 

Bundan tashqari, хorijiy telekanallar uchun hujjatli filmlar yaratish va Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati haqidagi mediamateriallarni muntazam namoyish etish rejalashtirilgan.

 

2027 yildan boshlab gʻor turizmini rivojlantirish loyihalari ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritilishi mumkin. Ularni хalqaro grantlar, хususiy investitsiyalar, Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.10.2026 yildan kuchga kirdi.