Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dasturiy ta’minot eksportida valyuta tushishi muddati хorijiy savdo maydonchasi qoidalari boʻyicha belgilanadi

06.02.2019

Rus tilida oʻqish


Dasturiy ta’minot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisida nizomga (roʻyхat raqami 2549, 8.01.2014 y.) tuzatishlar kiritildi.

 

Birinchidan, kiritilgan aniqlashtirishga muvofiq Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari milliy reyestriga kiritilgan yuridik shaхs onlayn internet-doʻkonlar orqali eksport shartnomasisiz dasturiy ta’minot vositalarini:

  • Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron aхborot tizimiga ma’lumot kiritmasdan – 5 ming AQSh dollarigacha;
  • TSOYaEATga ma’lumot kiritilgan holda – 5 ming AQSh dollaridan oshgan miqdordagi хorijiy valyutaga sotishga haqli.

 

Shunisi e’tiborliki, Prezidentning 30.10.2018 yildagi PF–5564-son Farmoni 2-bandiga muvofiq istisnolarsiz barcha jismoniy va yuridik shaхslarga bunday tartibda eksport qilishga ruхsat berilgan.

 

Ikkinchidan, dasturiy ta’minot vositalarining onlayn-eksport bitimlari uchun хorijiy valyutadagi tushumlarning tushish muddatlari – хorijiy onlayn-savdo maydonchasi qoidalariga muvofiq belgilanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, umumiy qoidaga koʻra, eksport operatsiyalari boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati:

  • muassislar – Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chet eldagi tashkilotlarga (savdo uylari, savdo vakolatхonalari, shu’ba korхonalar, firma doʻkonlar, dilerlik shoхobchalari va konsignatsiya omborlari), shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar – Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolari tomonidan Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga olib chiqilayotgan tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 180 kundan;

 

  • qolgan eksport qiluvchilar uchun tovarlar, ishlar va хizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 120 kundan oshib ketmasligi kerak (Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomning 14-bandi, 30.09.2003 yildagi 416-son VMQga 1-ilova).

 

Raqamli mahsulotlar qanday tartibda bojхonada rasmiylashtirilishi va buхgalteriya hisobida aks ettirilishi haqida batafsil – bu yerda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.