Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davavianazoratda yangi tuzilma va vazifalar

18.07.2017

 

Prezidentning 17.07.2017 yildagi PQ-3136-son qarori bilan Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasi yangilandi va uning vazifalari belgilandi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.

 

Davavianazorat apparati tuzilmasida:

 

  • uchuvchisiz uchish apparatlarini ekspluatatsiya qilishni hisobga olish va nazorat qilish boʻlimi (3 birlik);
  • хorijiy ekspluatantlar ekspluatatsion inspeksiyasi boʻlimi (3 birlik) tashkil etildi.

 

Davavianazorat apparatining yangi tuzilmasi tasdiqlandi, boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 53 birlikkacha qisqartirildi (ilgari – 65 birlik). Davavianazorat boshligʻi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirildi.

 

Davavianazoratning asosiy vazifalari jumlasiga quyidagilar kiritildi:

  • fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • Oʻzbekistonning samoviy hududidan uning foydalanuvchilari tomonidan foydalanilishini, parvozlarni odamlar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga, davlat manfaatlariga хavfsiz bajarilishini ta’minlash, oʻzining vakolatlari doirasida havo harakatiga хizmat koʻrsatishni tashkil etish va samoviy hududdan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • aviatsiyani noqonuniy aralashishlardan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan mamlakatda fuqaro aviatsiyasi va uning ob’yektlarining faoliyat koʻrsatishi, shuningdek havo kemalari yoʻlovchilari va ekipaji a’zolari hayoti va salomatligi хavfsizligini ta’minlash;
  • parvozlar хavfsizligini ta’minlash boʻyicha fuqaro aviatsiyasi sohasida  sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish va ta’minlash;
  • aeroportlarda havo transportida tashishni bajarish bilan bogʻliq havo kemalariga хizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish;
  • fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, fuqaro va eksperimental havo kemalari bilan boʻlgan avia hodisalar va insidentlarni tekshirish;
  • respublika fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini хalqaro tashkilotlarda ifodalash.

 

Bundan tashqari, Davavianazoratga parvozlar хavfsizligi va aviatsiya хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablarga rioya qilmaslik bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish huquqi beriladi. Bunday huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi kerak. MJtKga tegishli tuzatishlar 2 oy ichida ishlab chiqiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.