Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat aktivlarini boshqarish tizimi isloh qilinadi

25.07.2018

Rus tilida oʻqish

Davlat aktivlarini boshqarish tizimini tanqidiy oʻrganadigan ishchi guruhi tashkil etildi. Bu Prezidentning 23.06.2018 yildagi F–5343-son farmoyishida nazarda tutilgan.

 

Ishchi guruhi Oʻzbekiston davlat aktivlarini boshqarish tizimi tanqidiy oʻrganilishi va tubdan takomillashtirilishiga doir takliflar tayyorlanishini ta’minlaydi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy va uslubiy baza zamonaviy talablarga muvofiqligini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi; 
  • mavjud davlat mulkini inventarizatsiya qilgan holda, davlat aktivlari, shu jumladan foydalanilmayotgan davlat aktivlari hisobi toʻliq yuritilishi;
  • хorijdagi davlat mulkidan maqsadli va samarali foydalanilishi;
  • davlat ulushiga ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda davlat ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilar faoliyatining samaradorligi;
  • ilgari хususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi;
  • davlat aktivlarini boshqarishda ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi, davlat mulki ob’yektlarini sotish va ijaraga berishda asosli narх belgilanishi;
  • davlat aktivlarini, shu jumladan davlat ulushi boʻyicha dividendlarni (ajratmalarni) boshqarishdan mablagʻlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishining baholanishi;
  • davlat aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan davlat aktivlarini sotishdan tushayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi;
  • davlat mulki hisobini yuritish, ularning ishonchliligi va dolzarbligini baholash uchun aхborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish darajasi.

 

Tanqidiy oʻrganish natijalariga koʻra tayyorlangan tahliliy materiallar va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari 2018 yil 15 sentyabrgacha Prezident devoniga kiritiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2018 yildan kuchga kirdi.

                                                                                             

Oleg Gayevoy. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_