Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat «BYD Europe B.V.» Niderlandiya kompaniyasining talablarini inobatga oladi

20.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 18.03.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida»gi PQ-132-sonli Qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va «BYD Europe B.V.» (Niderlandiya Qirolligi) oʻrtasida imzolangan «Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasi tasdiqlandi.

 

Investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qoʻshish boʻyicha «BYD Europe B.V.» kompaniyasi bilan muzokaralar olib borib, natijasi boʻyicha qoʻshimcha kelishuvni kiritish topshirigʻi berilmoqda:

  • Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
  • Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60%gacha yetkazish;
  • mahalliy aholi uchun 10 mingta yangi ish oʻrinlarini yaratish;
  • ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni eksport qilinadigan davlatlar roʻyхatini kengaytirish.

 

Ma’lumot uchun: «BYD Europe B.V.» kompaniyasi elektromobillarning mahalliy iqlim va yoʻl sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega boʻlmagani uchun tartibsiz importni cheklash boʻyicha Hukumatga murojaat qilgan.

 

Investorning murojaatidan kelib chiqqan holda 2024 yil 1 iyulga qadar amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda Jahon savdo tashkilotining tamoyillaridan kelib chiqib «BYD» brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillar importini tartibga solish boʻyicha kompaniyaning talabini amalga oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish topshirigʻi berilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.03.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev