Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat byudjeti–2022: asosiy koʻrsatkichlar

06.01.2022

Rus tilida oʻqish

30.12.2021 yildagi «2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi OʻRQ-742-son Qonun imzolandi. Ushbu Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 26 noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2021 yil 15 dekabrda ma’qullangan.

 

Belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60%dan oshmasligi kerak.

 

2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Qonunga muvofiq quyidagi soliqlar boʻyicha asosiy stavkalar oʻzgarishlarsiz qoldirildi:

  • QQS – 15%;
  • foyda soligʻi – 15%;
  • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi – 12%;
  • aylanmadan olinadigan soliq – 4%.

 

Foyda soligʻi stavkasi 15%, dividendlar tarzidagi foyda boʻyicha soliq stavkasi 5% darajasida saqlanib qolindi.

 

Amortizatsiyaning yillik cheklangan normasi va investitsiyaviy chegirma miqdori oʻrtacha 2 baravarga oshiriladi.

 

Soliq toʻlovchilarga zarar summasini kelgusi davrlarga, zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi 10 yilga koʻchirish huquqi beriladi. Bunda jami koʻchirilayotgan zarar summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 60%idan oshmasligi lozimligi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi.

 

Tabiiy gazni eksport qilishda, shuningdek import qilingan gazni ichki bozorda realizatsiya qilishda aksiz soligʻi stavkasi nolga tenglashtiriladi. Ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan suyultirilgan gazni realizatsiya qilish aksiz soligʻidan ozod etiladi.

 

Bundan tashqari yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari neft va tabiiy gaz boʻyicha 10%gacha, oltin va mis boʻyicha – 7%gacha, volfram boʻyicha – 2,7%gacha, uran boʻyicha – 8%gacha pasaytirildi.

 

Shuningdek avtomobilni sotib olishda va vaqtinchalik olib kirishda toʻlanadigan yigʻim bekor qilindi.

 

Jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari belgilandi. Ular binoni yoki avtomobilni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solishda qoʻllaniladi.

 

T/r

Ijaraga beriladigan mol-mulk turi

Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi  koʻrsatkich

Oylik ijara toʻlovi stavkalarining eng kam miqdorlari, soʻmda

Toshkent sh.

Nukus sh. va viloyat markazlaridagi shaharlar

boshqa aholi punktlari

1.

Uy-joylar:

 

turar joy

umumiy maydonning 1 kv.metri uchun

15 500

9 500

4 000

noturar joy

32 000

18 500

7 500

2.

Avtomobil transporti:

 

yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi))

1 ta avtotransport vositasi uchun

630 000

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari  avtomobili

1 250 000

 

2022 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3%i miqdorida belgilandi. 2022 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 254,6 trln soʻm yoki YaIMning 30,3%i miqdorida prognozlashtirilmoqda.

 

Davlat byudjeti daromadlari 200 trln soʻm yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln soʻm, shu jumladan foyda soligʻi – 43,7 trln soʻm, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln soʻm, JShDS – 22 trln soʻmni tashkil etadi.

 

Bilvosita soliqlar boʻyicha daromad summasi 73,2 trln soʻm, shu jumladan QQS – 53,3 trln soʻm, aksiz soligʻi – 15 trln soʻm, bojхona boji – 4,8 trln soʻmni tashkil etadi.

 

Resurc va mol-mulk soligʻi 25,7 trln soʻmni tashkil qiladi.

 

Konsolidatsiyalashgan byudjet хarajatlari 280, 13 trln soʻmni tashkil etadi. Davlat byudjeti хarajatlari 188, 91 trln soʻm, davlat maqsadli jamgʻarmalari хarajatlari – 58, 18 trln soʻm, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishi – 7, 73 trln soʻm miqdorida prognozlashtirilmoqda.

 

Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarining sarflanishi 14, 61 trln soʻm, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga хarajatlar esa – 10,7 trln soʻmni tashkil etadi.

 

Byudjetni shakllantirishda barcha tumanlar va shaharlar byudjetlarining tasdiqlangan хarajatlarining 5%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

2022 yil uchun byudjet va qonun mablagʻlarni belgilangan yoʻnalishda sarflashda natijadorlikni oshirish, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish, byudjet barqarorligini ta’minlash, byudjet qamrovini oshirish va byudjet mablagʻlarining taqsimlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga oladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.