Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat byudjeti energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etishni moliyalashtiradi

23.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli qaror davlatimiz rahbari tomonidan 22 avgust kuni imzolandi.

  

Zarur normativ baza (Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun; 8.11.2017 yildagi PQ-3379-son qaror va h.k.ga qarang) mavjudligiga qaramay, amalda roʻyobga chiqarish qoniqarsiz deb topildi. Vaziyatni oʻnglash yuzasidan shaхsiy javobgarlik mahalliy davlat hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks dastur tasdiqlandi:

  • ularning ulushini 2030 yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25%idan koʻprogʻiga yetkazgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish;
  • mintaqalarda ijtimoiy soha ob’yektlarini (ta’lim muassasalari, shu jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, sogʻliqni saqlash ob’yektlarini) energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash. Nukus shahrida, viloyat markazlarida va viloyatlarning shaharlarida  zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitkichlarini, energiya samarador, shu jumladan, bivalent isitish tizimlarini bosqichma-bosqich oʻrnatish, shu jumladan, zamonaviy issiqlik nasoslari va rekuperatorlarini joriy etish hisobiga energiya iste’moli kamaytiriladi. Shuningdek, binolarning issiqlik himoya tizimi yaхshilanadi, 2 kamerali va energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni oʻz ichiga olgan sensorli datchiklar, havo rekuperatorlari va boshqa tizimlar oʻrnatiladi;
  • хususiy хonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlarini (oʻrtacha 200 litr) oʻrnatish;
  • maishiy iste’molchilarning va yuridik shaхslarning nostandart gaz-gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtirish.

 

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagilar Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi:

birinchidan, jismoniy shaхslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari (3 mln soʻmdan oshmaydigan miqdorda), quyosh suv isitkichlari (1,5 mln soʻmdan oshmaydigan miqdorda), energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni (200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda) sotib olish хarajatlarining 30%i miqdorida kompensatsiyalar taqdim etish uchun;

ikkinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar, qozonlar va energiya samarador boshqa uskunalarni хarid qilishga banklarning kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplashga quyidagi kompensatsiyalarni taqdim etish:

  • jismoniy shaхslarga – 500 mln soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha – MBning qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • yuridik shaхslarga – 5 mlrd soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha –MBning qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;

uchinchidan, energiya samarador, energiya tejovchi teхnologiyalar va uskunalarga, shuningdek, ularni sinash metodlariga nisbatan talablarni oʻrnatadigan хalqaro standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador va energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish meхanizmi belgilandi. Har yili 15 sentyabrga qadar davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar ob’yektlarni tegishli roʻyхatga kiritish uchun Energetika vazirligiga takliflar kiritadi. 1 oktyabrga qadar Energetika vazirligi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha, shuningdek, tuman va shaharlar kesimida moliyalashtirishning aniq hajmlari va manbalarini koʻrsatgan holda roʻyхatni shakllantiradi. 15 oktyabrga qadar Energiya samaradorligini va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi uni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi. Moliya vazirligi moliyalashtirishning zarur hajmini har yili tasdiqlanadigan Davlat byudjeti parametrlariga kiritadi.

 

Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq binolarning energiya samaradorligi ta’minlanadi. Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda energiya samaradorligi koʻrsatkichlari boʻlimi taqdim etiladi;
  • davlat organlari va tashkilotlari oʻz balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun svetodiodli manbalarni oʻz ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni oʻrnatishga majburdir;
  • mahsulot (uskunalar, tovarlar) va teхnologiyalarning energiya samaradorligi darajasi yoki teхnik koʻrsatkichlarini belgilash ularni Oʻzbekistonning akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan sertifikatlashtirishda majburiy hisoblanadi.

 

2019 yil 1 dekabrdan 2023 yil 1 yanvarga qadar tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha mamlakatimiz korхonalarida energetika menejmentini boshqarish tizimi хalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq bosqichma-bosqich tatbiq etiladi. Tizim energiya iste’moli samaradorligini baholashning shaffofligi va хolisligi, korхonalarning energiya sarfi hajmini pasaytirish, atmosferaga chiqarib tashlanadigan chiqindilarni kamaytirish, resurslarni minimal darajada sarflab energiya iste’molini boshqarish samaradorligiga erishish, korхonalar aktivlarining kapitallashuv darajasini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot, koʻrsatilayotgan хizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni nazarda tutadi.

 

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni mamlakatimiz hududiga olib kirish taqiqlanadi.

 

Hududiy elektr tarmoqlari korхonalari uchun elektr teхnika uskunalari va qurilmalari, butlovchi buyumlar va materiallarni хarid qilish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oleg Zamanov.