Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarz shartnomasini roʻyхatdan oʻtkazishda qaysi MXIK koʻrsatilishi kerak: Soliq qoʻmitasining javobi Davlat aktivlarini sotib oluvchilar va tijorat banklari qanday soliq imtiyozlariga ega boʻldi Fakturalanmagan yetkazib berish qanday rasmiylashtiriladi

Davlat byudjeti хarajatlari oshirildi

04.01.2023

Rus tilida oʻqish

29.12.2022 yildagi OʻRQ-811-son Qonun bilan «2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan 2022 yil uchun:

  • Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 12 trln soʻm miqdorida belgilanmoqda;
  • Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 %i miqdorida belgilanmoqda.
  • respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari 194,8 trln soʻm etib belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.