Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat byudjeti mablagʻlari miqdorlari tasdiqlandi

05.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.12.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023 yilda ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan mikdorlari;
  • 2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari;
  • 2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari prognozi;
  • Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va хarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”.

 

Qarorga asosan quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetida quyidagi miqdorlarda qoldirish nazarda tutilgan:

  • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi toʻliq hajmda;
  • foyda soligʻi toʻliq hajmda (yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻi bundan mustasno);
  • qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100%i, qolgan hududlarda esa 60%i (yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno).

 

 

2023 yilda ijtimoiy soliq tushumlari boʻyicha 2022 yilda amal qilgan taqsimlash me’yorlari saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023 yil uchun quyidagi soliq stavkalari:

  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon- metallurgiya kombinati” AJ uchun:
    • rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi;
    • yer qa’ridan foydalanganlik uchun solik, oltin boʻyicha - 10%, palladiy, kumush va mis boʻyicha - 15%;
  • “Oʻzbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati boʻyicha - 15%;
  • oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim – 1 gramiga 1 000 soʻm miqdorida tasdiqlandi.

 

Bundan tashqari, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar belgilandi:

  • 5-toifadagi tumanlarda - 50%;
  • 4-toifadagi tumanlarda - 50%;
  • 3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) - 30%.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.