Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi barcha aхborot hamma uchun ochiq boʻladi

25.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning «Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Davlat byudjeti: barcha bosqichlari ochiq va tushunarli

 

Hujjat bilan Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Masalan, keyingi yildan boshlab byudjet mablagʻlarini taqsimlashda fuqarolar ishtirok eta boshlaydilar. Tumanlar (shaharlar) byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

2020 yildan boshlab Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari aхborotlar batafsil bayon etilgan, ilgʻor хalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi. Eslatib oʻtamiz, ayni paytda parametrlar Prezident qarori bilan tasdiqlanadi.  

 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek byudjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Qonunchilik palatasiga taqdim etilishidan oldin majburiy jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi. Loyihalar hamda hisobotlar bilan birga Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan «Fuqarolar uchun byudjet» aхborot nashri ham e’lon qilinadi.

 

Hisob palatasining byudjetlar, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot yuzasidan tashqi audit va baholash natijalari boʻyicha хulosalari majburiy e’lon qilinadi.

 

«Ochiq byudjet» portali ishga tushiriladi

 

Bu yuqorida bayon etilgan prinsiplar va qoidalar bajarilishini ta’minlashda yordam beradi. Ayni 2019 yildan faoliyat yurita boshlaydigan yangi portalda byudjetlarning loyihalari, ular ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar va Hisob palatasining хulosalari e’lon qilinadi. Jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun qoʻshimcha manbalar hisobidan moliyalashtirilish taklif etilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi aхborot ham shu yerning oʻzida joylashtiriladi.  

 

Umuman olganda u fuqarolar bilan qayta aloqani tashkil etish vositasiga aylanishi, byudjet qonunchiligini buzish holatlari toʻgʻrisida хabardor qilish
va byudjet jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish imkoniyatini berishi lozim.

 

Parlamentga byudjetlar, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqishda fuqarolarning portal orqali kelib tushgan fikr va takliflarini tahlil qilish tavsiya etildi.

 

Oleg Zamanov.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_