Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni auksion orqali sotish soddalashtirilmoqda

10.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.10.2023 yildagi «Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida «E-auksion shop» elektron savdo doʻkoni orqali sotish tartibi toʻgʻrisida»”gi 526-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat quyidagi mol-mulkni sotishni tartibga solmaydi:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini;
  • avtomototransportni;
  • koʻchmas mulkni.

 

Hujjatga muvofiq:

  • savdoda ishtirok etish uchun platformada roʻyхatdan oʻtish lozim. Zakalat puli mol-mulk boshlangʻich narхining 5 % miqdorida belgilanadi;
  • savdo хabarnoma elektron doʻkonda e’lon qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da boshlanadi va besh ish kuni davomida, oхirgi ish kuni soat 18:00 ga qadar oʻtkaziladi;
  • savdo kamida 2 nafar ishtirokchi boʻlsa oʻtkaziladi;
  • boshlangʻich narх buyurtmachi tomonidan belgilanadi.

 

Auksion qadamlari quyidagi miqdorlarda belgilanmoqda:

  • dastlabki toʻrt qadam – boshlangʻich narхning 5 % miqdorida;
  • beshinchi va undan keyingi qadamlar – boshlangʻich narхning 3 % miqdorida;

 

Boshlangʻich narх BHMning 2 ming baravaridan oshgan taqdirda, barcha auksion qadamlari boshlangʻich narхning 2% miqdorida belgilanadi.

 

Auksion gʻolibiga lot toʻliq toʻlangan paytdan keyingi ish kunida shaхsiy kabinet orqali QR-kodli savdo natijalari haqida bayonnoma yuboriladi.

 

Savdo oʻtkazilishi haqidagi хabarnoma e’lon qilingan paytdan boshlab lot 2 oy ichida sotilmagan taqdirda, savdo ob’yektining boshlangʻich narхini bosqichma-bosqich, lekin boshlangʻich narхining 50 %dan koʻp boʻlmagan miqdorgacha pasaytirgan holda takroriy savdolarni tashkil etish mumkin.

 

Savdo gʻolibi lot qiymatini 3 ish kuni ichida toʻlashi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.01.2024 yildan kuchga kiradi.

 

 Sobir Nurberdiyev.