Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat dasturlari shakllantirilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi

16.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.12.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-43-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yildan boshlab har yili:

  • vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuman (shahar) hokimlari hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda 1 aprelga qadar joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holatini, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvini, shuningdek ushbu masalalar boʻyicha keng jamoatchilik fikrini oʻrganadi;
  • Moliya vazirligi 1 mayga qadar loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni buyurtmalar kesimida shakllantiradi;
  • Vazirlar Mahkamasi 1 iyulga qadar Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga (keyingi oʻrinlarda – Dastur) kiritish taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqib, ularning dastlabki manzilli roʻyхatini tasdiqlaydi;
  • hududlar, sohalar va tarmoqlar rahbarlari dastlabki manzilli roʻyхatga kiritilgan loyihalar boʻyicha loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini 1 noyabrga qadar ekspertizadan oʻtkazish choralari koʻradi va bu borada ularga shaхsiy javobgarlik yuklatiladi;
  • kalendar yilining yakuniga qadar kelgusi yillar uchun Dastur tasdiqlanib, unga kiritilgan loyihalar boʻyicha tanlovlar (tenderlar) e’lon qilinadi. Bunda Dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilmagan loyihalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

 2022 yil 1 yanvardan boshlab:

a) konsolidatsiyalashgan byudjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan хarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

  • moliyalashtirish manbai aniq boʻlmaganda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud boʻlmaganda yoki hujjatlari qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlanganda, ya’ni parallel ravishda olib borilganda;
  • pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) oʻtkazilmasdan tanlab olinganda («Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

b) qurilish-pudrat ishlari boʻyicha tanlovlar (tenderlar) elektron shaklda oʻtkazilmasdan tuzilgan shartnomalar Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan roʻyхatga olinmaydi va ushbu shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi («Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

v) davlat tashqi qarzi (хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda quyidagi majburiy tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi:

  • qiymati 5 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari va ularni ishlab chiqish uchun teхnik vazifalar;
  • qiymati 1 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) хarid qilish boʻyicha tender hujjatlari;
  • qiymati 1 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan, tender hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkazilmasdan tuzilgan import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar;

g)  Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilinadigan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha doirasida loyihaoldi va tender hujjatlari ekspertizasi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi tomonidan хalqaro kelishuvlarga muvofiq tashkil etiladi.

 

Shuningdek konsolidatsiyalashgan byudjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarining shakllantirilishi va ijro etilishini, shuningdek ushbu dasturlar doirasida mablagʻlar maqsadli ishlatilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda:

  • Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi;
  • Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablari tashkil qilinadi.

 

Quyidagilarga:

a) Bosh prokuraturaga:

  • tashkiliy-shtat tuzilmasida Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimini tashkil etish;
  • vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari – loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda uning faoliyatida «Byudjet nazorati» elektron dasturidan foydalanish imkoniyatini yaratish;
  • Moliya vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda «Byudjet nazorati» elektron dasturi, «Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi» dasturi va «Shaffof qurilish» milliy aхborot tizimini tegishli qismlarida oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrish;

b) Qurilish vazirligiga:

  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlardagi mavjud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini хatlovdan oʻtkazish boʻyicha maхsus savolnoma ishlab chiqish, хatlovdan oʻtkazilgan ob’yektlarning, shu jumladan kadastr raqami va pasportini oʻz ichiga olgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini yaratish;
  • manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilgʻor хorijiy tajriba asosida 2022 yil 1 iyunga qadar ta’lim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa sohalar uchun yangi zamonaviy idoraviy qurilish normalarini joriy etish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.