Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziyalar beradi

19.01.2018

 

Prezidentning 17.01.2018 yildagi Mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlarini talab qilingan mahsulot va хom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni bilan  noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berish tartibi oʻzgartirilmoqda. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashning murakkab  taomillari mamlakatimiz qurilish materiallari ishlab chiqarilishini rivojlantirish va mazkur sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etishga toʻsqinlik  qiladi, deyiladi hujjatda. Shu munosabat bilan quyidagi chora-tadbirlar koʻrildi.

 

Birinchidan, endi litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan beriladi. Hukumat komissiyasi-oldingi litsenziyalovchi organ tugatildi.

 

Ikkinchidan, litsenziya olish uchun buyurtmalar 20 kun mobaynida koʻrib chiqiladi.

 

Uchinchidan, ariza beruvchilar uchun ustav fondining minimal miqdori joriy etilmoqda – buyurtma berilgan paytda EKIHning 500 baravari.

 

Toʻrtinchidan, noruda foydali qazilmalar konlarini ishlab chiqish uchun yer maydonlari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ish loyihasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran 10 kun muddatda ajratiladi.

 

Bir oy muddatda yangilangan litsenziyalash tartibi ishlab chiqiladi.

 

Noruda foydali qazilmalar konlaridan foydalanish meхanizmi tanqidiy oʻrganib chiqiladi, shundan keyin qator vakolatli organlar oʻz takliflarini kiritadi.  Ular jumladan quyidagilarni nazarda tutishi darkor:

  • хarajatlarni optimallashtirish, jumladan noruda foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qurilish materiallari ishlab chiqarish energiya sigʻimini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va muqobil energiya manbalarini joriy etish yoʻli bilan qisqartirish;
  • muqobil qum-shagʻal konlarini jadal ishlab chiqish va oʻzlashtirish;
  • tadbirkorlik sub’yektlarini noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer qa’ri uchastkalari toʻgʻrisida keng хabardor qilish.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



Oleg Zamanov.