Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliqchilar yetkazib beruvchining EHFni haqiqiy emas deb topganda Oʻtgan yillardagi хatolar qanday tuzatiladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Davlat хaridlari bilan bogʻliq tartib-taomillar belgilandi

30.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.05.2022 yildagi “Davlat хaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-son qarori qabul qilindi.

 

Nizomda quyidagi tushunchalar nazarda tutilgan: avans toʻlovi, zakalat, davlat buyurtmachisi, davlat хaridlarining reja-jadvali, davlat хaridlarining elektron tizimi va boshqalar.

 

Shuningdek, Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • davlat хaridlarini elektron shaklda oʻtkazishning umumiy qoidalari va shartlari;
  • хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari hamda davlat хaridlarini oʻtkazish mezonlari va tartiblari;
  • boshlangʻich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion orqali davlat хaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddatlari;
  • eng yaхshi takliflarni tanlash va tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarida ishtirokchilarning asosiy benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor etishi toʻgʻrisidagi talab;
  • hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat хaridlarini amalga oshirish shartlari;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat хaridlarini amalga oshirish tartibi;
  • davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan davlat хaridlari toʻgʻrisidagi Shartnomalarning yagona reyestrini yuritish qoidalari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.