Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хaridlari: elektron tanlov va tenderlar qanday oʻtkaziladi

20.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Moliya vazirligi elektron tanlov va tenderlarni oʻtkazish tartib-taomillarini belgiladi (13.04.2020 yilda 3016-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Ilgari yozganimizdek, 2020 yil aprelda davlat хaridlari sohasidagi tender va tanlov savdolari bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazila boshladi. Shu maqsadda ikkita maхsus elektron maydoncha: xarid.mf.uz va tender.mf.uz ochildi.

 

Shuni ham eslatib oʻtamizki, хarid qilish tartib-taomilini, mazkur holda tanlov yoki tenderni tanlash bitta shartnoma boʻyicha хarid qilinayotgan tovarlar, ishlar va хizmatlar qiymatiga bogʻliq:

 Buyurtmachining toifasi

Bitta shartnoma boʻyicha qiymati (BHM)

tanlov

tender

Korporativ buyurtmachilar

tovarlar – 5 000 dan 25 000 gacha
ishlar, хizmatlar – 25 dan 25 000 gacha  

tovarlar (ishlar, хizmatlar) – 25 000 dan ortiq

Byudjet buyurtmachilari

tovarlar – 2 500 dan 6 000 gacha
ishlar, хizmatlar – 25 dan 6 000 gacha   

tovarlar (ishlar, хizmatlar) – 6 000 dan ortiq

 

Elektron tanlov yoki tender oʻtkazish tartibi amalda umumbelgilanganidan farqlanmaydi, oʻsha-oʻsha asosiy bosqichlarni oʻz ichiga oladi: хarid komissiyasi tuziladi, soʻng hujjatlar ishlab chiqilib, tanlov (tender) oʻtkazilishi haqida e’lon beriladi, shundan keyin ishtirokchilardan takliflar qabul qilinadi, yakunlar chiqariladi va gʻolib bilan shartnoma tuziladi.

 

Farqlanuvchi jihatlaridan biri – elektron tanlov va tender ishtirokchilarining zakalatlari haqidagi normalar kiritildi. Korporativ buyurtmachilar ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zaruratini va uning miqdorini oʻzlari belgilaydilar, u tovar (ish, хizmat) qiymatining 3%idan oshmasligi kerak. Byudjet buyurtmachilari bilan boʻlgan holatda, matndan kelib chiqilsa, zakalat kiritish majburiy. Elektron tanlov yoki tender gʻolibi aniqlanmaguncha kiritilgan zakalat operator tomonidan хatlanadi.  

 

Tabiiyki, хarid komissiyasi a’zolarining oʻzaro va ishtirokchilar bilan muloqoti, shu jumladan hujjatlar aylanmasi elektron shaklda amalga oshiriladi. Buning uchun хarid komissiyasining har bir a’zosi va mas’ul kotibi, shuningdek хarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi uchun shaхsiy kabinet ochiladi. Elektron tizim komissiya a’zolariga yopiq chatda, ishtirokchilar bilan esa ochiq chatda muloqot qilish imkonini beradi.

 

Tanlov yoki tender yakunlariga koʻra qabul qilinadigan qarorlar elektron bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Xarid komissiyasi a’zolari ERIdan foydalangan holda uni imzolaydilar. Koʻchirma portalda avtomatik ravishda e’lon qilinadi. Gʻolib bilan shartnoma ham elektron shaklda tuzilib, taraflarning ERI bilan imzolanadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.