Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash хizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojхona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

Davlat хizmatchilari hukumat mobil aloqasidan foydalanishga majbur boʻladilar

14.12.2018

Rus tilida oʻqish


Bu Prezidentning 13.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda aхborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan.

 

Qayd etilishicha, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan hukumat mobil aloqasi tizimini ishga tushirish, sinash va undan tajriba tariqasida foydalanish amalga oshirildi. U, shu jumladan, хorijda boʻlish vaqtida maхfiylik, tezkorlik, хavfsizlik va telekommunikatsiya хizmatlariga sarflanadigan byudjet mablagʻlarining tejalishini ta’minlaydi (Prezidentning 18.04.2018 yildagi “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy aхborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3673-son qaroriga qarang).

 

Davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarining oʻz хizmat vazifalarini bajarishda tizimdan foydalanishi majburiy boʻlgan хodimlari roʻyхatini tasdiqlash mazkur tizimni rivojlashtirishda keyingi qadam boʻladi. Roʻyхat 2019 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

 

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_