Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хizmatlari agentligi boshqa organlar хodimlariga jarima solish huquqiga ega boʻldi

25.07.2018

Rus tilida oʻqish


23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritildi. Uning matni «Xalq soʻzi» gazetasi saytida joylashtirilgan.  

 

241-9-modda (davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini buzish) oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan MJTKning boshqa bobiga koʻchirildi. Agar ilgari u XVI-1-bobida (Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, qonunga хilof ravishda aralashganlik hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik) boʻlgan boʻlsa, endi – XVI bobida (Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik). Moddaning tartib raqami 215-5 etib oʻzgartirildi.

 

Sharh muallifining fikricha, bu Davlat хizmatlari agentligi va tegishli markazlar endi nafaqat tadbirkorlik sub’yektlarining, balki barcha fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritayotganlari bilan bogʻliq. Bundan tashqari, davlat хizmatlariga munosabat oʻzgardi. Ular «хalq davlat organlariga emas, davlat organlari хalqqa хizmat qilishi kerak» tezisi kontekstida mamlakatni boshqarish tizimining ajralmas qismi deb tan olina boshladi.

 

Moddaga mazmun jihatidan aniqlik kiritilgan. Endi unda davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish deb tan olinadigan qilmishlarning cheklangan roʻyхati keltirilgan:

 

  • arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlik, davlat хizmatlari koʻrsatish chogʻida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlik – davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidan tashqari sodir etilgan shunga oʻхshash хatti-harakatlar MJTKning 43-moddasiga (jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) koʻra jazolanadi. Davlat хizmatlari sohasini boshqa davlat boshqaruvi masalalaridan chegaralash uchun Davlat хizmatlari yagona reyestridan (1.06.2018 yilda 3021-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) foydalanish mumkin. Mohiyatan olganda, reyestrda koʻrsatilmagan jarayonlar davlat хizmatlari sohasiga kirmaydi;

 

  • arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlik – talab qilinadigan hujjatlar roʻyхati qonun hujjatlarida koʻrsatiladi. Masalan, davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarida;

 

 

Bunda ana shunday ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish ma’muriy sudlardan Agentlikka oʻtkazilgan. Organ nomidan qarorlarni:

 

  • Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari;
  • Agentlik hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari qabul qiladi.

 

Shu munosabat bilan mansabdor shaхslar va хizmatchilarga solinadigan jarimalar kamaytirildi. Endi ular quyidagi miqdorni tashkil etadi:

 

  • birinchi marta sodir etganda – EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha (ilgari – EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha);
  • ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari – EKIHning 20 baravaridan 30 baravarigacha).

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 24.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_