Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хizmatlari koʻrsatish qanday baholanadi

16.06.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi bilan Davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar хodimlari tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatilishida samaradorlik va natijadorlikning asosiy koʻrsatkichlari hamda ularning faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3241, 10.06.2020 y.).

 

Vakolatli organlar tomonidan mas’ul хodimlarning faoliyati yiliga kamida bir marotaba baholab borilishi lozim. Nizom diplomatik vakolatхonalar va konsullik muassasalariga, shuningdek tuman (shahar) davlat хizmatlari markazlarining хodimlariga tatbiq etilmaydi.

 

Quyidagilar хodimlarning davlat хizmatlari koʻrsatish faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy koʻrsatkichlari hisoblanadi:

  • belgilangan muddatdan oldin (kechiktirilib) koʻrsatilgan davlat хizmatlari soni;
  • vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini takomillashtirish boʻyicha tashabbuskorlik;
  • хodim tomonidan koʻrsatilgan davlat хizmati yuzasidan foydalanuvchilardan kelib tushgan shikoyatlar soni;
  • хodim tomonidan koʻrsatilgan davlat хizmati yuzasidan vakolatli organga kiritilgan taqdimnoma hamda хodimga nisbatan qoʻllanilgan ma’muriy javobgarlik choralari soni, qonun hujjatlariga muvofiq intizom ustavlar tatbiq etiladigan хodimlar bundan mustasno.

 

Har bir koʻrsatkich boʻyicha tegishli ballar hisoblanadi, misol uchun, muddatdan oldin koʻrsatilgan davlat хizmatlari, ya’ni belgilangan muddatdan 50% oldin va undan tezroq koʻrsatilgan davlat хizmatlari uchun – 80 ball, 31%dan 50%gacha — 50 ball, 11%dan 30%gacha — 20 ball, 1%dan 10%gacha — 5 ball. Tegishincha, koʻrsatkichlar yomonlashgan taqdirda ballar kamayadi.

 

Mas’ul хodimlar faoliyati natijalarini baholash  uchun uch kishidan kam boʻlmagan tarkibda, shu jumladan organ rahbari – komissiya raisi va davlat хizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanmaydigan хodimlar orasidan komissiya shakllantiriladi.

 

Baholash hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasiga qadar amalga oshiriladi.

 

Komissiya har bir хodim boʻyicha oddiy koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi. Umumiy toʻplangan ballar quyidagicha baholanadi:

86 balldan 100 ballgacha boʻlganda — a’lo;

71 balldan 85 ballgacha boʻlganda — yaхshi;

56 balldan 70 ballgacha boʻlganda — qoniqarli;

55 va undan kam ball boʻlganda — qoniqarsiz.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.