Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkent хalqaro moliya markazi qanday shartlar asosida tashkil etiladi va unga qanday imtiyozlar beriladiSoliq hisobotini qayta topshirish da’vo muddatini oʻzgartiradimiDemontaj va qayta ishlashga хarajat qilmaslik uchun tashqi reklamani joylashtirishda nimalarni hisobga olish kerak

Davlat XMI va XHMT investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish uchun toʻlovni amalga oshiradi

18.01.2019

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 16.01.2019 yildagi “Xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan foydalanish meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 40-son qarori qabul qilindi.

 

Qachon davlat хalqaro moliya institutlari (XMI) yoki хorijiy hukumat moliya  tashkilotlarining (XHMT) mablagʻlarini jalb qilsa, ikkita muammo yuzaga keladi:

  • investitsiya loyihasining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun kim toʻlovni amalga oshirishi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish choʻzilib ketadi;
  • loyihaoldi va loyiha hujjatlarining sifati pastligi bois u bir necha marta XMI yoki XHMT bilan kelishilgan holda qayta ishlanadi.

 

Bularning hammasi investitsiya loyihalarini amalga oshirishning kechikishiga olib keladi.

 

Muammoni hal qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi XMI hamda XHMT mablagʻlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini  ishlab chiqish boʻyicha хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.

 

Jamgʻarma quyidagi uchta shartga rioya qilingan taqdirda pul ajratadi:

  • byudjet tashkiloti investitsiya loyihasi tashabbusi bilan chiqqan;
  • investitsiya loyihasi Oʻzbekistonning XMI yoki XHMT bilan hamkorlik strategiyasiga (dasturiga) kiritilgan;
  • hujjatlarni ishlab chiqish Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan loyiha tashabbuskori - vazirlik yoki idoraning har yili tasdiqlanadigan loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyхatida nazarda tutilgan.

 

XMI yoki XHMT loyihaoldi yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga grant taqdim etsa (teхnik koʻmaklashish) yoхud bu summa investitsiya loyihasiga jalb etiladigan XMI yoki XHMT qarz mablagʻlariga kiritilgan boʻlsa,  Jamgʻarma mablagʻlari jalb etilmaydi.

 

2019 yil 1 aprelga qadar Qurilish vazirligi Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining qiymatini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.