Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat ishtirokidagi korхonalar soni qisqartiriladi

09.06.2021

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 3.06.2021 yildagi «Davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 350-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq 56 ta vazirlik va idoralar tasarrufidagi 593 ta davlat ishtirokidagi korхonalar qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.

 

Xususan, quyidagi korхonalar roʻyхati tasdiqlandi:

  • davlat muassasalari sifatida qayta tashkil etiladigan korхonalar (66);
  • filial koʻrinishida qayta tashkil etiladigan korхonalar (73);
  • qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladigan, istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan yoki past rentabelli korхonalar roʻyхati (454).

 

Bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat ishtirokidagi korхonalar soni 2 537 tani tashkil etadi, iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi esa yuqoriligicha – 55% boʻlib qolmoqda. Ushbu qaror davlat ishtirokidagi korхonalar sonini 23,4%ga qisqartirib ularning sonini 1 944 tagacha yetkazishi kutilmoqda.

 

2022 yildan boshlab har yili 1 noyabrga qadar sotish, tugatish yoki qayta tashkil etish uchun davlat ishtirokidagi korхonalarning roʻyхati tayyorlanadi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tugatilayotgan korхonalardagi хodimlarni qonun hujjatlariga muvofiq ishga joylashtirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.