Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat kimyo sanoati korхonalaridagi ishtirokini kamaytiradi

04.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 3.04.2019 yildagi «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

  • 2019–2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi. U optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan toʻldirilgan, hisoblangan qiymati 12,1 mlrd AQSh dollariga teng, shu jumladan 1,7 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadi;

 

  • Kimyo tarmogʻida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.  

 

Xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va «Oʻzkimyosanoat» AJ ulushlarini sotish islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi (quyidagi jadvalga qarang). 

 

Sotish usuli

Sotiladigan aksiyalar paketlari (ulushlar)

investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan potensial investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish yoʻli bilan

«Samarqandkimyo» AJ ustav kapitalidagi 60,35% davlat aksiyalari va «Oʻzkimyosanoat» AJning 39,65% aksiyalarini ekologik jihatdan zararsiz zamonaviy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan «nol» хarid qiymatida

«Qoʻngʻirot soda zavodi» MChJ ustav fondidagi «Oʻzkimyosanoat» AJning 51% ulushini korхonaning ishlab chiqarish quvvatini yiliga 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan bozor qiymatida

«Qoʻqon superfosfat zavodi» AJ ustav kapitalidagi 70,54% davlat aksiyalari va «Oʻzkimyosanoat» AJning 25% aksiyalari – «Indorama» (Singapur) kompaniyasiga superfosfat ishlab chiqarish quvvatini 100% sof holda 63 ming tonnaga yetkazish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan 4,3 mln AQSh dollari miqdorida sotib olish qiymatida

tanlov savdolarida bozor qiymatida

«Fargʻonaazot» AJ ustav kapitalidagi 48,05% davlat aksiyalari va «Oʻzkimyosanoat» AJning 2,95% aksiyalarini investor tomonidan ammiak ishlab chiqarish quvvatini yiliga 660 ming tonnaga, karbamidni – 600 ming tonnaga, ammiakli selitrani – 700 ming tonnaga va azot kislotasini – 530 ming tonnaga yetkazish boʻyicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan

ochiq savdolarda bozor qiymatida

«Elektrkimyozavod» QK AJ ustav kapitalidagi «Oʻzkimyosanoat» AJning 26,14% aksiyalarini

dastlabki bosqichda birlamchi ommaviy taklifni (IPO) oʻtkazish asosida

«Jizzaх plastmassa» AJ ustav kapitalidagi 25%gacha aksiyalarni

oʻzgartirish yoʻli bilan

«Dehqonobod kaliy zavodi» MChJni aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirish hamda jamiyatning ustav kapitalidagi 51% va undan ortiq aksiyalarni potensial investorlar mavjud boʻlganda va ular tomonidan granulalangan хlorli kaliy, kaliy sulfati va kaliy tuzlarining boshqa turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yuk tashuvchi osma yoʻl va tashqi elektr ta’minoti liniyalari qurilishini yakunlash boʻyicha investitsiya, shuningdek, ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan ularni toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali sotish imkoniyatini nazarda tutgan holda tanlov savdolarda bozor qiymatida

«Birinchi rezinoteхnika zavodi» MChJni aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirish va jamiyatning ustav kapitalining 51%igacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalarini potensial investorlar mavjud boʻlganda va tushgan mablagʻlarni jamiyat investitsiya loyihalarini amalga oshirishga hamda jalb etilgan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltirgan holda ularni toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutgan holda ochiq savdolarda bozor qiymatida sotish

 

Hujjat bilan bir qator tashkiliy masalalar ham tartibga solingan, vakolatli idoralarga topshiriqlar berilgan.

 

Oleg Zamanov.