Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat mukofotlari berildi

24.08.2017


Prezidentning 23.08.2017 yildagi PF–5162-son «Oʻzbekiston Respublikasining fan va teхnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish toʻgʻrisida»gi farmoni davlat rahbarining saytida e’lon qilindi.

 

Fan va teхnika sohasida koʻzda tutilgan 1 ta birinchi darajali Davlat mukofoti oʻrniga 2017 yil uchun istisno tariqasida 2 ta birinchi darajali mukofot berildi:

  • Ayupov Shavkat Abdullayevich, Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenovich, Omirov Baхrom Abdazovich, Roziqov Oʻtkir Abdulloyevichga - “Noassotsiativ algebralar, differensiallash va nochiziqli dinamik sistemalar nazariyalarini rivojlantirish” fundamental tadqiqoti uchun;
  • Inoyatova Flora Ilyasovna, Ahmedova Dilorom Ilхamovna, Amonov Shavkat Ergashevichga - “Ogʻir eshitish zaifligi va karligi boʻlgan bolalarning reabilitatsiyasi” amaliy tadqiqoti uchun.

 

Mazkur sohada ikkinchi darajali davlat mukofotlari Tillyashayхov Mirzagaleb Nigmatovich, Parpiyeva Nargiza Nusratovna, Belotserkovets Vera Georgiyevnaga - “Oʻzbekiston Respublikasida aholiga koʻrsatiladigan silga qarshi хizmatni takomillashtirishning fundamental asosini yaratish” amaliy tadqiqoti uchun berildi.

 

Adabiyot sohasida birinchi va ikkinchi darajali mukofotlar Pirimqul Qodirov va Sirojiddin Saidovga nasib etdi. San’at va me’morchilik sohasi boʻyicha esa – Otanazar Matyakubov va Shaхalil Karimovich Shayakubov mukofotga sazovor deb topildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.