Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun statistika hisobotining qanday shakllari tasdiqlangan 2026 yil 1 yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summadagi AOSdan stavkalar boʻyicha AOSga qanday oʻtish mumkin Retsept bilan beriladigan dorilar uchun QR-kodli retseptni qanday olish mumkin

Davlat mulki ob’yektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar mahallalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi

25.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23.01.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-13-son Farmon imzolandi.

 

Oʻzgarishlarga muvofiq:

  • davlat mulki ob’yektlarini ijaraga berish uchun auksionga qoʻyilganda umumiy asoslarga koʻra ijara muddati uch yil etib belgilanadi. Ijaraga oluvchi tomonidan majburiyatlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilganda ijara muddati uch yilga uzaytiriladi;
  • vazirlik va idoralar, mahalliy davlat organlarining uch oydan koʻproq muddat ichida foydalanilmayotgan va boʻsh turgan ob’yektlari (ijtimoiy ob’yektlardan tashqari) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun onlayn-auksion savdoga qoʻyiladi.

 

Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasining mablagʻlari quyidagicha taqsimlanadi:

  • mahalladagi maydoni 2 ming kv.m. boʻlgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablagʻlar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga;
  • хususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.