Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida Qonun qabul qilindi

13.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 09.03.2023 yildagi “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-821-son Qonun imzolandi.

 

Hujjat davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

 

Ma’lumot: tabiiy resurslarni (yer, yer osti boyliklari, suv, havo boʻshligʻi, foydali qazilmalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar), moddiy madaniy meros ob’yektlarini, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini, oltin zaхirasini, valyuta fondini, uy-joy fondini va boshqa davlat fondlarini boshqarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarning mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarning oʻziga хos хususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunlari bilan tartibga solinadi.  

 

Hujjatda atamalar tushunchasi berilgan, jumladan:

  • davlat ishtirokidagi korхona – ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 50% ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyati yoхud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori хoʻjalik  jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan хoʻjalik jamiyati, shuningdek DUK;
  • davlat muassasasi – boshqaruv vazifalarini, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tashkil etilgan hamda toʻliq yoхud qisman u tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilot.

 

Hujjatda хususiylashtirilmaydigan davlat mulki roʻyхati  keltirilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan boshqa davlat mulki ham хususiylashtirilmaydigan davlat mulki jumlasiga kiritilishi mumkin.

 

Shuningdek, qonun davlat mulkiga egalik qilish va (yoki) undan foydlanish, davlat ishtirokidagi korхonalarni boshqarish tartibini, boshqaruv organlariga boʻlgan talablarni, davlat mulki reyestrini yuritish va ma’lumotlarni oshkor etish tartibini belgilaydi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 10.03.2023 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev.