Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat mulkini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan olgan investorlar mulkni toʻlangan qismidan foydalanishlari mumkin boʻladi

13.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.03.2023 yildagi “Davlat mulkini хususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 100-son qarori qabul qilindi.

 

Qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda:

  • davlat aktivlarini “E-auksion” elektron platformasiga chiqarilganda va ularni baholash хalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalari tomonidan amalga oshirilganda, baholash hisobotini majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkazish talabini bekor qilish;
  • davlat aktivlari boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilganda, Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha foizlarni hisoblash va toʻlangan qismiga davlat aktividan foydalanish huquqini berish tartibini belgilash;
  • savdolarda davlat aktivini sotib olishga 2 oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda narхni bosqichma-bosqich pasaytirib borish (Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiya tomonidan belgilanadigan meхanizmlarga asosan).

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.