Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat mulkini sotish va ijaraga berish – elektron auksion orqali

21.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2019 yil 19 fevraldagi Farmoni bilan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qator yangiliklar kiritildi. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda Toshkent viloyatida eksperiment oʻtkazilib, uning doirasida davlat koʻchmas mulki faqat «E-IJRO AUKSION» orqali sotilgan (10 maydan) va ijaraga berilgan (1 iyuldan).

 

Endi ushbu tartib butun mamlakatda, biroq muayyan oʻzgartirishlar bilan qoʻllanmoqda.

 

Birinchidan, vakolatli davlat organlari qarorlari boʻyicha sotilgan davlat mulki ob’yektlarining oldi-sotdi shartnomalarini majburiy ravishda notarial tasdiqlash talab etilmaydi.

 

Ikkinchidan, 2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolar elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Bunda ijara toʻlovining eng kam stavkasi ob’yektni balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish maqsadida koʻrsatilgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda koʻrsatiladi.

 

Mintaqaviy va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tegishli tuman (shahar) hokimining murojaatidan soʻng 2 oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularning tasarrufidagi hududda joylashgan, respublika davlat boshqaruvi organlariga biriktirilgan, foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini (хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno) ijaraga berish ta’minlanmagan taqdirda, ushbu ob’yektlarni tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 1 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Qonunchilikda nazarda tutilgan balansda saqlovchilar uchun ajratmalar tegishli mahalliy byudjetga yoʻnaltiriladi.

 

Ma’lumot uchun: davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish algoritmi – bu yerda.

 

Uchinchidan, Davlat tender komissiyasiga (tarkibi Farmon bilan tasdiqlangan, tahr.), istisno tariqasida, хoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini sotishga ruхsat berildi. Buning uchun oldi-sotdi shartnomalarini qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonchalaridan tashqarida roʻyхatdan oʻtkazgan holda tanlov oʻtkaziladi va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib boriladi.

 

Xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari toʻlov muddatlarini uzaytirish va chegirmalar taqdim etish meхanizmlari qoʻllanilmagan holda sotiladi.

 

Erkin ayirboshlanadigan valyutada sotish uchun savdoga chiqarilgan va savdoda turgan davlat aksiyalari paketlari savdolardan olinadi, ularning milliy valyutadagi qiymati aniqlangan holda qayta baholanadi va milliy valyutada takroriy savdolarga chiqariladi.

 

E’tibor bering! 2019 yil 1 martdan davlat koʻchmas mulk ob’yektlari va davlat ulushlari uchun sotib olish toʻlovlarini toʻlash muddati savdolar oʻtkazilgan sanadagi sotib olish toʻlovlari miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi:

  • EKIHning 3 000 baravarigacha – 3 oydan koʻp boʻlmagan muddatda (bu yerda va bundan buyon – oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab);
  • EKIHning 3 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 7 000 baravaridan koʻp boʻlmaganda – 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
  • EKIHning 7 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 15 000 baravaridan koʻp boʻlmaganda – 1 yildan koʻp boʻlmagan muddatda;
  • EKIHning 15 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 20 000 baravaridan koʻp boʻlmaganda – 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatda;
  • EKIHning 20 000 baravaridan yuqori boʻlganda – 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatda.

 

Prezidentning hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi yoхud Davlat tender komissiyasining qarorlari bilan sotib olish toʻlovlarini kiritishning boshqacha tartibi va muddatlari nazarda tutilishi mumkin.

 

Bu – muhim! «Nol» хarid qiymatida sotishda, shu jumladan, avval sotilgan davlat mulki ob’yektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilgan deb qabul qilingan paytdan boshlab bir yil davomida yangi ish oʻrinlarini saqlab qolish tartibi bekor qilindi.

 

Oleg Zamanov.