Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat organlari va nodavlat tashkilotlari fuqarolar yigʻinlariga biriktirildi

21.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 117-son «Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat maqsadi – davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yigʻinlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy koʻmaklashish, oʻzaro bogʻliq boʻlgan vazifalar ijrosini toʻlaqonli ta’minlash tizimini shakllantirish hamda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdir.  

 

Xususan, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining taklifiga koʻra, vazirliklar, idoralar va nodavlat tashkilotlar fuqarolar yigʻinlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga biriktirildi. (quyida keltirilgan jadvalga qarang).

 

Fuqarolar yigʻinlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga biriktirilgan davlat organlari

Fuqarolar yigʻinlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga biriktirilgan nodavlat organlari

Ichki ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

Madaniyat vazirligi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

Moliya vazirligi

«Nuroniy» jamgʻarmasi

Xalq ta’limi vazirligi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Sport ishlari vazirligi

Savdo-sanoat palatasi

Adliya vazirligi

tijorat banklari

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Oʻzbekiston Ekologik harakati

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Oʻzbekiston Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Davlat soliq qoʻmitasi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

«Hunarmand» uyushmasi

 

Hujjatga ilovada fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlari va ularga biriktirilgan tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari tasdiqlandi. 

 

Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yigʻinlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy koʻmaklashishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi, ular qatoridan quyidagilar ham oʻrin olgan:

  • jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida ularning tashabbuskorligini oshirishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etish;
  • mahallalarda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vazifalarining ijrosini ta’minlash, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni bevosita joylardan olishda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kengaytirish;
  • davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik tuzilmalari rolini oshirish;
  • mahallalarda yuzaga kelayotgan turli muammolarni aniqlash, ularning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish va bartaraf etishda jamoatchilik tuzilmalari imkoniyatlarini samarali roʻyobga chiqarish.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda har yili quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etildi:

  • tegishli jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • jamoatchilik tuzilmalari rahbarlarining malakasini oshirish maqsadida sohaning tajribali mutaхassislarini jalb etgan holda, tumanlar (shaharlar) kesimida alohida reja asosida oʻquv seminarlarini tashkil etish.

 

Biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga tashabbuskor va faol boʻlgan jamoatchilik tuzilmalari vakillarini fuqarolar yigʻini raisining tavsiyanomasi asosida moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirish tavsiya etildi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Anvar Irkaхoʻjayev.