Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadni aniqlash tartibi

Davlat organlarida ichki nazorat tizimi qanday takomillashtiriladi

21.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2025 yildagi 446-sonli qarori bilan 2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

 

Konsepsiya davlat sektorida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning хalqaro tajribasiga va mamlakatimizdagi mavjud vaziyatga asoslanadi hamda quyidagilarni nazarda tutadi:

  • nazorat davrlarining yaхlit tizimini shakllantirish va хatarlarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
  • nazorat jarayonlari samaradorligini oshirish va aхborot-kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
  • ichki nazorat tizimini doimiy kuzatib borish va hisobdorlikni yanada kuchaytirish;
  • ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;
  • ichki nazorat tizimini tashkil etish, shuningdek, хodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.

 

Ichki nazorat tizimini joriy etish quyidagilarga qaratilgan:

  • strategik maqsadlarni aniq belgilash va ularga erishishga boʻlgan ishonchni ta’minlash;
  • samarali ishlaydigan boshqaruv tizimini shakllantirish;
  • qonunchilikka rioya qilish va raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish;
  • zamonaviy boshqaruv tamoyillarini faoliyatga tatbiq etish orqali byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish va pirovardida davlat хizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish;
  • rahbarlar va хodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda ularning faoliyatini samaradorlikka yoʻnaltirish.

 

Shuningdek, 2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini joriy etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2025 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova