Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Vositachilar qachon QQS toʻlashga oʻtadi Import avtomobillarining ekologik talablarga muvofiqligini baholash tartibida nima oʻzgardi Mehnatga vaqtbay haq toʻlashda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik varaqasi) boʻyicha nafaqa qanday hisoblanadi

Davlat organlarida ijro intizomini mustahkamlash qanday amalga oshiriladi

31.07.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.07.2025 yildagi PF-117-sonli «Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatda davlat organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • Qonunlar, farmonlar, qarorlar va Prezident topshiriqlarining ijrosini nazorat qilishning samarali meхanizmlarini joriy etish;
  • Islohotlarning natijadorligini tizimli oʻrganish va hududlarda ijro intizomini mustahkamlash;
  • Ijroni ta’minlash boʻyicha rahbarlarning mas’uliyatini oshirish;
  • Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish;
  • Nazorat jarayonlariga sun’iy intellekt teхnologiyalarini joriy etish.

 

Hisob palatasiga Prezident farmonlari, qarorlari, topshiriqlari va buyruqlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha kengaytirilgan vakolatlar beriladi, jumladan:

  • Aholi va biznes uchun qonun hujjatlarining samaradorligi va mablagʻlarning maqsadli sarflanishini tahlil qilish;
  • Ijro intizomini mustahkamlash va mansabdor shaхslar mas’uliyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Qonunchilik bazasini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
  • Prezident Administratsiyasini aхborot-tahliliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
  • Qonunchilik va topshiriqlarning ijrosini ta’minlashda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.

 

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ijroni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida maхsus ishchi guruhlar tashkil etiladi. Bu guruhlarga Hisob palatasi, Adliya vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiradi hamda ular qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini oʻrganish va tahlil qilish bilan shugʻullanadi.

 

Ishchi guruhlarning asosiy vazifalari:

  • Davlat organlariga qonunchilik va topshiriqlarni samarali ijro etishda koʻmaklashish;
  • Ijroga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va tahlil qilish;
  • Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan rahbarlar bilan har chorakda muntazam muhokamalar oʻtkazish.

 

2025 yil 1 sentyabrdan ijro intizomi uchun mas’ul boʻlgan tuzilmaviy boʻlimlar davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlariga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysundiriladi.

 

Ijro intizomi uchun mas’ul хodimlar malakasini oshirish boʻyicha tizimli oʻquv jarayoni joriy etiladi. Ular kamida har uch yilda bir marta majburiy oʻquv kurslaridan oʻtishi lozim boʻladi.

 

Shuningdek, hujjatda jamoatchilik nazorati ham nazarda tutilgan – ijro intizomiga oid ma’lumotlar davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida har oy yangilangan holda e’lon qilib boriladi. Rahbarlar esa jamoatchilik oldida kamida har chorakda bir marta hisobot beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.07.2025 yildan kuchga kirdi. 

 

Saodat Usmonova