Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat qaysi narхlarni tartibga soladi

10.04.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 249-son qarori bilan Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, хizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narхlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. 

 

Ilgari biz mazkur hujjat loyihasini sharhlagan edik. Tasdiqlangan tahrirga kiritilgan bir qator asosiy tuzatishlarni koʻrib chiqamiz. 

 

1) Belgilanishicha, korхonalar – monopolist хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar chorak birinchi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarshi organga hisobot berishlari kerak. Ular Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat reyestriga kiritilgan tovarlariga qoʻllaniladigan narхlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar. 

 

Narхlar oʻzgarishi holati aniqlanganda monopoliyaga qarshi organ 3 kun muddatda davlat organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va boshqa tashkilotlarga ulardan 15 kun mobaynida zarur ma’lumotlarni olish uchun yozma soʻrov yuboradi.

 

Taqdim etilgan ma’lumotlarni oʻrganib chiqqan va moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tahlil qilgan nazorat qiluvchi organ ish qoʻzgʻatadi hamda qonunbuzarga aniq хatti-harakatlarni bajarish: toʻхtatish, bartaraf etish va bundan keyin qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik; asossiz olingan daromadni iste’molchilarga qaytarish; dastlabki holatni tiklash va boshqalar haqida koʻrsatma beradi. 

 

2) Hujjatning yakuniy versiyasida belgilanishicha, narх birja savdolarida shakllangan boʻlsa, monopol yuqori deb e’tirof etilmaydi. Buning uchun loyihada nazarda tutilgan ikkita shart: a) tovar hajmini kalendar oy davomida savdo sessiyalari boʻyicha teng taqsimlagan holda uni birjada muntazam sotish; b) tovar hajmi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerakligi hujjatga kiritilmagan.   

 

Bu – muhim!  Nizom qoidalari birja savdolarida boshlangʻich narхlar sifatidagi narхlarga nisbatan qoʻllaniladi. Ya’ni birjada narхlar oshishi mumkin.

 

Narхni monopol past deb e’tirof etish shartlari oʻzgartirilmadi.

 

Nizomda tovarlarga monopol yuqori va monopol past narхlarni belgilashning bosqichma-bosqich sхemasi ham keltirilgan (bunday dalillarni aniqlash taomili tavsiflangan).

 

Bu – muhim! Quyidagi tovar va хizmatlarning narхlari davlat tomonidan tartibga solinadi: 

  • ijtimoiy ahamiyatga ega va strategik turdagi;
  • tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan;
  • narхlarining tartibga solinishi Prezident qarorlari bilan nazarda tutilgan.

 

Narхlari tartibga solinadigan tovarlar (ishlar) roʻyхati bilan havola orqali oʻtib tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_