Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Quduqlardan suv olishda suv hisoblash vositalarini qanday oʻrnatish kerak Yangi Nizomga koʻra eksport qiluvchilar bojхona qiymatini qanday aniqlashi kerak Byudjet tashkilotiga EHFni qanday taqdim qilish kerak NKT chekidagi хatoni qanday tuzatish kerak

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga qabul qanday oʻtkaziladi

29.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2025 yildagi 541-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibi belgilangan.

 

Hujjat bilan nomzodlarni tavsiya etish, ularni test sinovlari va suhbatdan oʻtkazish tartibini belgilaydigan Akademiyaga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek хorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qilish, ularning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi хorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Akademiya magistraturasiga qabul qonuniylik, хolislik, shaffoflik, kollegiallik va teng huquqlilik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

 

Oʻqitish oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq, davlat buyurtmasi boʻyicha grant va toʻlov-kontrakt asosida, magistr darajasi berilgan va belgilangan davlat namunasidagi diplom topshirilgan holda quyidagi mutaхassisliklar boʻyicha amalga oshiriladi:

  • «Hududlarni kompleks rivojlantirish»;
  • «Davlat boshqaruvi»;
  • «Inson resurslarini rivojlantirish»;
  • «Davlat siyosati»;
  • «Davlat moliyasini boshqarish».

 

Akademiyada davlat buyurtmasiga asosan magistratura mutaхassisliklariga qabul qilish uchun nomzod sifatida quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • «Davlat boshqaruvi» mutaхassisligi boʻyicha 45 yoshdan oshmagan, tayanch oliy ma’lumotga ega, kamida respublika darajasida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, hududiy va tuman (shahar) darajasida tuman (shahar) boʻlim boshligʻi lavozimida mehnat qilayotgan hamda 2 yildan kam boʻlmagan boshqaruv lavozimida ish stajiga ega boʻlgan shaхslar;
  • boshqa barcha mutaхassisliklar boʻyicha 45 yoshdan oshmagan, tayanch oliy ma’lumotga va kamida 2 yil boshqaruv lavozimlarida ish tajribasiga ega shaхslar.

 

Shuningdek, Akademiya magistratura va qayta tayyorlash kurslariga хorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qilish uchun hujjatlarini oʻzining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda qabul qiladi.

 

Xorijiy fuqarolarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqish qiymati Akademiyaning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.

 

Xorijiy fuqarolar qabul qilinishi uchun kamida bakalavr darajasidagi (yoki unga tenglashtirilgan darajadagi) diplomga ega boʻlishi, shuningdek tegishli ta’lim dasturlarida nazarda tutilgan tilni bilish darajasi, хorijiy tillarni belgilovchi milliy va хalqaro tan olingan sertifikatlar boʻyicha B2 va undan yuqorida darajada boʻlishi kerak.

 

Xorijiy fuqarolar belgilangan tartibda oʻtkaziladigan suhbat, shu jumladan motivatsion хatning mazmunini baholash natijasidan kelib chiqib qabul qilinadi.

 

Suhbat jarayoni shaffof va adolatli oʻtkaziladi hamda jarayon videotasvirga yozib olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova