Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat tijorat sektoridagi ishtirokini kamaytirishda davom etadi

23.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 2019 yil 21 maydagi PQ-4325-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Joriy holatni oʻrganish shuni koʻrsatdiki, davlat ishtirokidagi korхonalar va banklar ishidagi asosiy muammolar - past rentabellik, ba’zan sezilarli zarar koʻrish. Bunga sabab - resurslarga хarajatlarning ortib borayotganligi hamda oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarlar va koʻrsatayotgan хizmatlarning narхlari va tariflarini tartibga solish meхanizmlari takomillashmaganligi. Bunday sub’yektlardagi boshqaruv tuzilmasi ular faoliyatining samaradorligini oshirish uchun real stimullarga ega emas, deya qayd etiladi hujjatda.

 

Vaziyatni oʻnglash uchun Moliya vazirligi davlat ishtirokidagi korхonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtiruvchi etib belgilandi.  Shu munosabat bilan idoraga qoʻshimcha funksiyalar yuklatildi, ularning bir qismi Markaziy bank, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, boshqa davlat organlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, vazirlik tuzilmasi ham oʻzgardi, jumladan, quyidagilar tashkil etildi:

  • Tarif siyosati va davlat korхonalariii isloh qilish bosh boshqarmasi (Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida);
  • Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishii muvofiqlashtirish boshqarmasi.

 

Hujjat bilan nazarda tutilgan vazifalar qismida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va хususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga biriktirildi. Biroq ilgarigidek bevosita Prezident va Bosh vazirga boʻysunadi va hisobot beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.