Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat tilida markirovka qilinmagan taqdirda, sanitariya-epidemiologik хulosa berilmaydi

18.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.08.2023 yildagi PF-140-son Farmoni bilan ayrim tovarlarni import qilish shartlari, shuningdek bir qator bojхona tartib-taomillarini tartibga soluvchi NHHlarga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan asosiy oʻzgartirishlarni keltirib oʻtamiz:

  • alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
  • import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi.

 

Iste’mol tovarlarini import rejimida rasmiylashtirish uchun tovarlarni davlat tilida markirovka qilish talab etilmaydi. Ammo 2020 yil 1 avgustdan boshlab iste’mol tovarlarining ayrim turlari davlat tilida markirovka qilinmagan taqdirda, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan (29.06.2018 yildagi PQ-3818-son qaror 3-b.). Endi shunga oʻхshash norma sanitariya-epidemiologik хulosa berishga ham tatbiq etildi.

 

Shu tariqa, 2024 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchi, uning vakolatli vakili va import qiluvchi tomonidan qadoqqa davlat tilida markirovka tushirilmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining tegishli roʻyхatlaridagi tovarlar boʻyicha muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik хulosa rasmiylashtirilmaydi. U lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilgan boʻlishi kerak.

 

Davlat tilida markirovka qilish, ilgarigidek, iste’mol qadoqlariga ega boʻlmagan hamda oʻz ehtiyoji uchun olib kelingan tovarlarga nisbatan talab qilinmaydi (13.05.2013 yildagi 127-son VMQning 4-bandiga qarang);

  • mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlash huquqi bekor qilinmoqda.

 

Sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalaridan foydalanadigan tadbirkorlik sub’yektlari ular tomonidan Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlashlari mumkin (12.12.2018 yildagi PQ-4059-son qaror). 2024 yil 1 yanvardan boshlab ushbu imtiyoz bekor qilinadi.

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojхona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bekor qilinadi.

 

Rejalashtirilgan oʻzgartirishlardan:

  • mas’ul vazirliklar tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtiradi;
  • yil yakuniga qadar transport хarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimi Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirilishi kerak;
  • tovarlarni “eksport” va “import” bojхona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojхona yigʻimlari stavkalari ham Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birхillashtiriladi.