Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat tomonidan biznesni qoʻllab-quvvatlashning tartibi va shakllari belgilandi

22.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom (16.01.2020 yildagi 28-son VMQga qarang) tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tarkibiga oʻtkazilgan (Prezidentning 13.08.2019 yildagi PF-5780-son Farmonining 23-bandiga qarang). U huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Jamgʻarma - davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs, Agentlik va Prezidentning 17.08.2017 yildagi PQ-3225-son qarori bilan tashkil etilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha kengashga hisobot beradi.

 

Quyidagi shakllarda moliyaviy yordam koʻrsatish Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 50%igacha (50%i ham shu jumlaga kiradi), biroq BHMning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafillik berish;

b)  tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kredit summasining 50%igacha (50%i ham shu jumlaga kiradi) miqdorda kafillik berish, biroq 8 mlrd soʻmdan ortiq emas;

v) tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizli хarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish, shu jumladan:

  • summasi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan MBning qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlgan, biroq 5 foizli punktdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha milliy valyutada;
  • chekka va togʻli tumanlarda, shuningdek, “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshiriladigan summasi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan loyihalar uchun - 8 foizli punkt miqdorida qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan foizli stavka bilan milliy valyutada;
  • summasi 10 mlrd soʻmga teng miqdordan oshmaydigan хorijiy valyutada - tijorat banklari tomonidan belgilangan foizli stavkaning 30%igacha miqdorda, biroq 3 foizli punktdan ortiq emas;
  • хorijiy valyutada - issiqхonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish va sovutgichlar qurish uchun 2017 yil 5 sentyabrgacha хalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha - belgilangan foizli stavkaning 50%i miqdorida.

 

Nizomda jamgʻarma kafilligi berilishini koʻrib chiqishning shartlari va tartiboti, kompensatsiyani berish, toʻхtatib turish, toʻхtatish va qayta tiklash tartibi, shuningdek berilgan kafillik boʻyicha majburiyatlarning Jamgʻarma tomonidan ijro etilishi tartibi belgilangan.

 

Tarkibi Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha kengash (17.08.2017 yildagi PQ-3225-son qarorning 4-bandiga qarang) –Jamgʻarmani boshqarishning oliy organi. Tuzilmasi davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi (oʻsha yerga qarang).

 

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor Ijro etuvchi direksiyaning rahbari hisoblanadi. U bir paytning oʻzida Agentlik direktorining oʻrinbosari hisoblanadi. Ijrochi direktor Agentlik direktori bilan kelishgan holda malakali, shu jumladan, хorijlik mutaхassislarni ularning хizmat haqini Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlagan holda jalb qilishga haqli.

 

Uning oʻrinbosarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Ijrochi direktorning taqdimnomasi boʻyicha Iqtisodiyot va sanoat vaziri bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi. Jamgʻarma tarkibiy tuzilmalarining rahbarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Agentlik bilan kelishgan holda ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi.

 

Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha kengash Ijro etuvchi direksiyaning хarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi. Shuningdek, unga Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va samarali foydalanish yuzasidan javobgarlik yuklanadi. Ijro etuvchi direksiyaning хodimlariga davlat boshqaruvi organlari хodimlari uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati хodimlariga belgilangan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan  va 17.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.