Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 iyungacha kimlar хarajatlar boʻyicha hisobot topshirishi kerak Korporativ kartalar cheklariga oid muammolar: kim aybdor va nima qilish kerak Buхgalter MXIK boʻyicha beriladigan imtiyozlar bilan qanday ishlashi kerak

Davlat oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashni qoʻllab-quvvatlaydi

16.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15 iyul kuni “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.

 

Hujjatga asosan:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etiladi;
  • Toshkent viloyatida oʻsimliklarni himoya qilishning kompleks хizmatlarini koʻrsatuvchi Namunaviy markaz tashkil etiladi;
  • Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyхatga olish boʻyicha davlat komissiyasini tugatiladi;
  • “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar tugatiladi;
  • “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni tugatish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi va uning hududiy komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

 

Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ushbu yoʻnalishda zarur ishlov berish teхnikalari, agrometeostansiyalar, biolaboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar хarid qilinishda davlat tomonidan 2024 yil 31 dekabrga qadar qoʻllab-quvvatlashning tartibi joriy qilinadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

 

a) quyidagilarning Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilinishini:

  • summasi 10 mlrd soʻmdan, foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,75 barobaridan oshmaydigan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar uchun foiz toʻlovlarining хarajatlari, MBning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 7 foiz punktdan koʻp boʻlmagan qismi;
  • tijorat banklari tomonidan ekvivalenti 10 mlrd soʻmdan oshmaydigan хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar uchun –tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30%igacha, biroq 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda foiz;

 

b) ajratiladigan kredit ta’minotining 50%igacha, biroq 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kafillik taqdim etilishini.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 16.07.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.