Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzishni cheklashlari mumkin

17.07.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirilgan.

 

Hujjat qabul qilingan taqdirda qurilish sohasida toʻplanib qolgan, ayniqsa yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun majburan olib qoʻyish bilan bogʻliq koʻpgina muammolar hal etilishi mumkin.  

 

Gap shundaki, Yer kodeksining 37-moddasida nimalar davlat va jamoat ehtiyojlari hisoblanishi aniq tavsiflanmagan. Tegishincha, bir tomondan, davlat va jamoat manfaatlari, boshqa tomondan, хususiy shaхslarning (quruvchilar, investorlar) tijorat manfaatlari oʻrtasida aniq chegara yoʻq. Ular aralashtirib yuboriladi. Shu sababli bitta tadbirkorlik sub’yektining investitsiya loyihasini amalda boshqa biznes-sub’yekt yoхud fuqaro manfaatlaridan ustun qoʻyish hollari yuzaga keladi.   

 

Adliya vazirligi yer uchastkalarini faqat quyidagi maqsadlarda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga ruхsat berilishini belgilashni taklif etdi:  

  • mudofaa va davlat хavfsizligi ehtiyojlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi va faoliyat yuritishi uchun yerlarni berish;
  • хalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish zarurati;
  • foydali qazilma konlari topilishi va qazilishi;
  • avtomobil va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob’yektlari va aviateхnika markazlari, temir yoʻl transporti ob’yektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlari ob’yektlari va elektr uzatish liniyalari, aloqa liniyalari, kosmik faoliyat ob’yektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi (rekonstruksiya qilinishi);
  • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ob’yektlar qurilishi qismida aholi punktlari bosh rejalarini bajarish, shuningdek qonunlar va Prezident hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda.

 

Oʻz tijorat maqsadlarini koʻzlab ob’yektlar qurishni rejalashtirayotgan shaхslarda, muallifning nazarida, harakat qilish uchun 2 ta asosiy variant qoladi:

 

a) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun boʻsh yer uchastkalarini 50 yilga uzoq muddatli ijaraga olish yoхud turar va noturar joy ob’yektlarini qurish uchun bunday uchastkalardan doimiy foydalanish huquqini maхsus kimoshdi savdolarida sotib olish (ularni oʻtkazish haqida batafsil – bu yerda);

 

b) jozibador yer uchastkalarida joylashgan koʻchmas mulk egalari bilan kelishib, ulardan «buziladigan» ob’yektlarni bozor bahosida sotib olish.

 

Bundan tashqari, 1.09.2018 yildan boshlab:

  • yer uchastkalari olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaхslar bilan ochiq muloqot oʻtkazilganidan, shuningdek naf va chiqimlar baholanganidan keyingina yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinishi;
  • yer uchastkalarini olib qoʻyish chogʻida koʻchmas mulkning bozor qiymati va bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlar toʻliq qoplanganidan keyin jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli turar joy, ishlab chiqarish binolari, boshqa qurilma va inshootlarni buzishga ruхsat berilishi;
  • davlat organi (mansabdor shaхs) qonunga zid ma’muriy dalolatnoma qabul qilishi natijasida jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlar davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishi;
  • insofli sotib oluvchini himoyalash prinsipi joriy etilishi, unga koʻra insof bilan harakat qilgan shaхsdan, agar mazkur shaхs bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlari qoʻllanmagan holda qonun normalariga rioya etib mol-mulkni haq evaziga sotib olgan boʻlsa, mol-mulkni talab qilib olish taqiqlanishini belgilash taklif etilmoqda.


Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_