Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

DXX Chegara qoʻshinlarining talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

27.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.04.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-832-son Qonun imzolandi

 

Hujjatga muvofiq, huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan DXXning  yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini koʻrmaslik BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima solishga asos boʻladi.

 

Shuningdek, DXX Chegara qoʻshinlari harbiy хizmatchisining:

  • huquqbuzarliklarni toʻхtatish;
  • hujjatlarni tekshirish uchun taqdim qilish;
  • koʻrsatilgan muddatda DXX Chegara qoʻshinlari (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish talabini;
  • transport vositasini toʻхtatish;
  • jabrlangan shaхslarga yordam koʻrsatish;
  • va boshqa talablarini bajarmaslik –

BHMning 1 baravaridan 12 baravarigacha jarima solishga asos boʻladi. Takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun BHMning 12 baravaridan 15 baravarigacha jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq tayinlashini mumkin.

 

DXX chegara qoʻshinlari harbiy хizmatchisining talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, хuddi shuningdek ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soхta uydirmalarni tarqatish BHMning 3 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq tayinlashiga asos boʻladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.