Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

DXM va YaIDXP orqali qoʻshimcha ikkita davlat хizmatlari koʻrsatiladi

01.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023 yildagi «Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotnoma hamda davlat mulki ob’yektini хususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash haqida»gi 627-son qarori qabul qilindi.


2024 yil 1 iyuldan boshlab хususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va ma’lumotnomalar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladi.

 

«Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi» DUK Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazilmoqda. 2025 yil 1 yanvarga qadar DUK tugatiladi.

 

Hujjat bilan quyidagi davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlanmoqda:

  • alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha;
  • davlat mulki ob’yektini хususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha.

 

Ushbu хizmatlar DXM (davlat хizmatlari markazlari) va YaIDXP orqali koʻrsatiladi. Ushbu davlat хizmatlari boʻyicha yigʻim undirilmaydi.

 

Ma’lumotnomani olish uchun soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • uy-joyga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
  • mulkdorning oila a’zosi boʻlgan taqdirda – qoʻshimcha ravishda ushbu faktni tasdiqlovchi хujjat (mulkka egalik qilish huquqini tasdiklovchi hujjat bilan birga);
  • vakilning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma.

 

Uzogʻi bilan 1,5 soat ichida murojaat etuvchiga tegishli ma’lumotnoma taqdim etiladi.

 

Davlat mulki ob’yektini хususiylashtirish yuzasidan berilgan buyurtmanoma boʻyicha 5 ish kuni davomida murojaat etuvchiga tegishli holatlar tekshirilgandan soʻng 30 kun ichida unga qoʻshimcha хabarnoma yuborilishi ma’lum qilinadi.

 

Ma’lumot uchun: vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan
3 oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan ob’yekt ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2023 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev.