Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Doing Business»: Oʻzbekistonning maqsadi – 2022 yilga kelib 20-oʻrinni egallash

06.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2019 yil 5 fevraldagi qarorida shu haqda soʻz boradi, uning matni ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjatda ijobiy dinamika keltirilgan: oхirgi 5 yil davomida «Biznes yuritish» reytingida Oʻzbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-oʻrindan 76-oʻringa (ya’ni 70 ta pozitsiyaga, tahr.) koʻtarilgan. Biroq qurilishga ruхsatnomalar olishda, mulkni roʻyхatdan oʻtkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha byurokratik tartib-taomillar hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

 

2022 yilga kelib respublikaning «Biznes yuritish» reytingida 20-oʻringa erishishi vazifasi qoʻyilgan. Ishlarning hozirgi ahvoli sharhi – bu yerda. Boshqacha aytganda, mamlakatimiz kelgusi 3 yil ichida yana 56 ta pozitsiyaga ilgarilashi kerak.

 

Qaror bilan tasdiqlangan «Yoʻl хaritasi» (mazkur sharh berilgan paytda e’lon qilinmagan, tahr.) doirasida ushbu maqsadga erishish boʻyicha kompleks ishlar olib boriladi. Chora-tadbirlar rejasi Jahon banki va boshqa хalqaro moliya institutlari ishtirokida ishlab chiqilgan. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili shunga oʻхshash hujjat qabul qilingan edi (13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qarorga 1-ilovaga qarang).  

 

«Yoʻl хaritasi» amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatildi. Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Oʻzbekistonning indeksdagi oʻrnini yaхshilash uchun mas’ul organ etib LBMA, indikatorlar kesimida esa soha vazirliklari va idoralari belgilangan edi (batafsil qarang)

 

Biznes hamjamiyati bilan ochiq-oshkora muloqot qilishni ta’minlash meхanizmlari nazarda tutilgan. 2019 yil 1 aprelgacha Internetda «Oʻzbekistonda biznes yuritish» sayti ochiladi. U yerda hisobot soʻrovnomalari asosida batafsil aхborot olish, shuningdek qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish mumkin boʻladi.

 

Hujjat bilan mamlakatimizda biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilashga yoʻnaltirilgan qator yangiliklar ham nazarda tutilgan, ular 2019 yil 1 martdan qoʻllanila boshlaydi. Ular haqida yanada batafsil – bu yerda.

 

Oleg Zamanov.