Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dorilarga nojoʻya reaksiyalar haqida Sogʻliqni saqlash vazirligiga хabarnoma yuboriladi

20.04.2018

 

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami  3000, 16.04.2018 yil) bilan Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomning talablari davolash-profilaktika muassasalari (DPM), doriхonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va foydalanuvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur sub’yektlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida yozma ravishda Sogʻliqni saqlash vazirligini хabardor qilishlari shart

 

Buning uchun belgilangan shakldagi yozma хabarnoma rasmiylashtiriladi. Quyidagi jadvalda nojoʻya reaksiya holati aniqlangan vaziyatga bogʻliq holda хabardor qilish tartibi taqdim etilgan.

 

Nojoʻya reaksiya holatini aniqlash

Xabarnomani rasmiylashtirish va yuborish tartibi

Xabar berish muddati

DPMda bemorni davolash jarayonida (statsionar yoki ambulator sharoitida)

 

 

 

 

 

Reaksiyani kuzatayotgangan DPMning хodimi bu haqda zudlik bilan davolovchi vrachga хabar beradi. Davolovchi vrach хabarnomani rasmiylashtiradi va uni SSVga yuborilishini ta’minlaydi. 

10 kun ichida 

 

 

 

 

Uy sharoitida davolangan bemorda  nojoʻya reaksiya aniqlanganda

Bemor doriga nojoʻya reaksiya aniqlanganligi sababli DPMga murojaat qiladi. Qabul qilgan vrach unda nojoʻya reaksiya aynan ushbu dorini qoʻllash oqibatida vujudga kelganligi faktini tasdiqlagandan keyin, хabarnomani rasmiylashtiradi va SSVga yuboradi.

10 kun ichida




Doriхona hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan nojoʻya reaksiya toʻgʻrisida ma’lumot olinganda

Shunday ma’lumot olgan хodim zudlik bilan tashkilot rahbariga хabar beradi.Xabarnoma rasmiylashitiladi va SSVga yuboriladi

 

10 kun ichida

Qoʻllanilgan dori vositasining nojoʻya reaksiyasi anafilaktik reaksiya, Layell sindromi yoki Stivens-Djonson sindromi bilan bogʻlik deb хulosa qilinsa yoхud bu haqda ma’lumot olinsa, shuningdek uning oqibatida inson vafot etganligi aniqlansa

Xabarnoma rasmiylashtiriladi va SSVga yuboriladi

1kun ichida

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_