Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Dzyudo ommaviy sport turlaridan biriga aylanadi

21.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.06.2022 yildagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qarori qabul qilindi.

 

Dzyudo sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari:

  • dzyudoni aholi oʻrtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarda dzyudoga qiziqish uygʻotish va jang san’atining ushbu turi boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirish;
  • dzyudo boʻyicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
  • dzyudo infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda хalqaro talablarga moslashtirish, umumiy oʻrta ta’lim maktablarida dzyudo zallari sonini koʻpaytirish;
  • Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari dasturiga dzyudoni bosqichma-bosqich kiritish, ular tizimidagi ta’lim muassasalari oʻquvchi-talabalari uchun ushbu sport turi boʻyicha fakultativ mashgʻulotlar va toʻgaraklar tashkil qilish.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab an’anaviy tarzda dzyudo sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:

  • kattalar oʻrtasida "Katta dubulgʻa" хalqaro turniri;
  • Osiyo chempionati gʻolibi va Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi Uchqun Murodov хotirasiga bagʻishlangan 18 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida хalqaro turnir;
  • umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Xalq ta’limi vaziri kubogi";
  • oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri kubogi";
  • Qurolli Kuchlar tizimida "Mudofaa vaziri kubogi";
  • 2024-2025 yillarda harbiylar oʻrtasida Jahon chempionati.

 

Surхondaryo viloyati Denov tumani hamda Xorazm viloyati Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlariga iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari negizida Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari tashkil etiladi.

 

Dzyudo maktablarida milliy terma jamoalarga yosh sportchilarni tanlab olish va tayyorlash amalga oshiriladi. Oʻqishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta’lim olish muddati yetti yil etib belgilanadi.

 

Shu bilan bir qatorda, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • umumiy oʻrta ta’lim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish boʻyicha "Bolalar uchun dzyudo" dasturini;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Maktabgacha dzyudo" loyihasini joriy qilish topshirildi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2023 yillarda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi";
  • 2022-2025 yillarda dzyudo sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.