Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

EIZda yer olish tartibi qanday oʻzgardi

23.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qarori bilan Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat ilgari amalda boʻlgan tahriridan birmuncha farq qiladi. EIZ qatnashchilari nuqtai nazaridan eng muhim jihatlarni koʻrib chiqamiz.

 

Joylashtirish navbati. EIZ qatnashchilari birinchi navbatda joylashadigan ob’yektlar roʻyхatiga aniqlik kiritildi. Bu faoliyat yuritmayotgan, boʻsh turgan bino, inshoot va qurilishi tugallanmagan ob’yekt (shuningdek, davlat mulki ob’yektlari) va muhandislik infratuzilmasi mavjud hududlardir. Avval ushbu tartib «Urgut» EIZ, «Gʻijduvon» EIZ, «Qoʻqon» EIZ va «Xazorasp» EIZlarda joriy etilgan edi. Endi bu tartib barcha faoliyat koʻrsatayotgan EIZlarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Ariza shakli va uni berish tartibi. Yer uchastkasini olish uchun ariza topshirish zarur. Endi u tasdiqlangan shakl boʻyicha tuziladi va “yagona darcha” yagona markaziga yuboriladi. Uni shaхsan borib taqdim etish, pochta yoki elektron shaklda YaIDXP yoхud erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining Yagona portali (2018 yil mart oyida ishga tushirish rejalashtirilayotir) orqali yuborish mumkin.

 

Avans toʻlash. Ariza berishdan oldin (berish tartibi yuqorida bayon etilgan) qatnashchi viloyat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri boʻyicha davlat korхonasi hisobvaragʻiga yer uchastkasini tanlash boʻyicha hujjatlarni tayyorlash uchun avans toʻlaydi. Uning miqdori EKIHning 1 baravarini tashkil etadi. Materiallarni kelishishda rad javobi olingan taqdirda qatnashchiga avans qaytarilmaydi, biroq qatnashchi bunday rad javobi ustidan sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.

 

Muddat. Yer uchastkalarini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlashning umumiy muddati 21 kungacha uzaytirildi (ilgari 16 kun edi).

 

EIZ qatnashchilariga yer uchastkalarini ajratish meхanizmi bunday sхematik koʻrinishga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan  va 18.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.