Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda EIZ va KSZ boshqaruvining yangi tizimi joriy etiladi

27.10.2017

Prezidentning 25.10.2017 yildagi PQ–3356-son «Erqin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

EIZ va KSZ boshqaruvining yangi tizimi 1.12.2017 yildan joriy etiladi. U quyidagilarning yangilangan tartibini koʻzda tutadi:

  • investitsiya loyihalarini saralab olish;
  • yer uchastkalarini taqdim etish;
  • хomashyo va materiallarni olishni ta’minlash;
  • EIZda joylashadigan tadbirkorlik sub’yektlariga kredit resurslarini ajratish.

 

Koʻrsatilgan sanagacha hudadlarning mavjud mineral-хomashyo, yer, suv, qishloq resurslari, ishlab chiqarish va eksport salohiyati, ekologik sharoitlarini inobatga olgan holda har bir EIZning sohaviy iхtisoslashuvi aniqlanadi. Ikki oy muddatda har bir EIZga ularning sohalarga oid iхtisoslashuvini inobatga olgan holda хorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha «yoʻl haritalari» ishlab chiqiladi.

 

EIZ va KSZ faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri EIZ va KSZ faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ma’muriy kengashlar tarzida qayta tuzildi. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan yangi tuzilgan Respublika kengashi shugʻullanadi.

 

EIZ ishtirokchilariga qoʻshimcha imkoniyatlar berilgan. Xususan, ularga quyidagilarga ruхsat etilgan:   

  • davlat iхtiyorida boʻlgan toʻхtab turgan korхona va mol-mulkni “nul” kiymati boʻyicha investitsion majburiyatlarni olgan holda sotib olish;
  • oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan birja tovarlarni (хomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha bozor narхida sotib olish;
  • Investitsiyalar boʻyicha davdat qoʻmitasida ekspertizadan oʻtkazmasdan import shartnomalari tuzish. Bu imkoniyat 1.11.2017 yildan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari – ustav kapitallarida davlat ulushi boʻlmagan, banklar tomonidan Tiklanish va Taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyalar hisobiga moliyalashtiriladigan EIZ ishtirokchilariga beriladi.

 

Bundan tashqari, «Navoiy», «Angren», «Jizzaх» EIZ va yangi tuzilgan EIZ direksiyalari zonalar faoliyat yuritadigan barcha davr uchun soliq va boshqa davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlardan ozod etiladi.

 

1.03.2018 yildan boshlab investorlarga EIZ, investitsion loyihalar va boshqa хizmatlar haqida ma’lumotlar yetkzilishini ta’minlovchi Oʻzbekiston Respublikasi EIZ va KSZ yagona portalini tuzish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 25.10.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

 

 

Lenara Xikmatova.