Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

EKIH indeksatsiyasi ijtimoiy toʻlovlar summasiga ta’sir koʻrsatadi

09.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmonida qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

 

Shu paytgacha kam ta’minlangan oilaga oylik moddiy yordam (1,5 EKIHdan 3 EKIHgacha), shuningdek bola 2 yoshga toʻlguncha uni parvarishlash boʻyicha onalarga toʻlanadigan nafaqalar summalari (1.01.2003 yildan – EKIHning 200%i) yil boshida belgilangan eng kam ish haqidan kelib chiqib hisoblanar edi.

 

Masalan, 2016 yil mart oyida ayol bolani parvarishlash ta’tiliga chiqib, oylik nafaqa ola boshladi. Yil boshida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (130 240 soʻm) kelib chiqib, nafaqa summasi 260 480 soʻmni (130 240 х 200%) tashkil etdi. 2016 yil 1 oktyabrdan EKIH 15%ga, 149 775 soʻmgacha indeksatsiyalandi. Biroq amaldagi tartib sababli bu nafaqa summasini hisoblab chiqarishga ta’sir koʻrsatmadi va ayol yil oхirigacha qolgan chorak davomida 260 480 soʻm olishda davom etdi. Indeksatsiya nafaqa oluvchida faqat 2017 yil yanvarda aks etdi.       

 

Prezidentning quyidagi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritilishi bilan vaziyat oʻzgardi:

 

Endi yuqorida koʻrsatilgan moddiy yordam va oylik nafaqalar summalari yil davomida amalga oshirilgan indeksatsiyalarni hisobga olgan holda amaldagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.

 

Ma’lumot uchun: ishlayotgan onalarga bolani 2 yoshga toʻlguncha parvarish qilish boʻyicha nafaqalar ish beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi (Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5, 13-bandlari). Ishlamaydigan ayollar va byudjet sohasi хodimalariga ushbu nafaqa, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mahalliy byudjetlar mablagʻlari va byudjetdan tashqari manbalardan toʻlanadi.     

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2018 yildan kuchga kirdi.  

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_