Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

EKIHning 100 baravarigacha boʻlgan mulkni nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik uchun – ma’muriy jazo

12.01.2018

 

3.01.2018 yildagi «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi.

 

Tariхidan oldingi davri: Jinoyat kodeksida (JK) 1994 yildan boshlab 173-modda mavjud va u mulkni qasddan nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni koʻzda tutadi. Biroq unda bir toʻsqinlik mavjud – zarar ancha miqdorda boʻlmaguncha, ya’ni EKIHning 100 baravarigacha yetmaguncha (maqola e’lon qilingan paytda – 17 mln. 224 ming  soʻm yoki 2 ming 120 AQSh dollari) jinoiy javobgarlik yuzaga kelmaydi.

 

Bugungi kunga qadar Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda (MJtK) kamroq summadagi mulkni qasddan nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik uchun aniq modda boʻlmagan edi. Shu sababli aksariyat hollarda bunday harakatlarni mayda bezorilik (MJtKning 183-moddasi, EKIHning 5 baravarigacha jarima, 15 sutkagacha muddatga qamoq) yoki oʻzboshimchalik (MJtKning 200-moddasi, EKIHning 3 baravarigacha jarima) sifatida malakalashga toʻgʻri kelar edi.

 

Bu haqda Oliy Majlis deputatining materialida soʻz yuritilgan – bu yerda.

 

Endi MJtKda mulkni qasddan nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik uchun alohida modda mavjud (MJtKning 61-2-moddasi).

 

Zarar mayda, ya’ni EKIHning 30 baravarigacha boʻlsa (maqola e’lon qilingan paytda – 5 167 200 soʻm), EKIHning 5 baravarigacha jarima solinadi (maqola e’lon qilingan paytda – 861 200 soʻm).

 

Agar koʻp boʻlmagan zarar boʻlsa, ya’ni EKIHning 30 dan 100 baravarigacha boʻlsa (maqola e’lon qilingan paytda – 5 167 200 dan 17 224 000 soʻmgacha), ushbu harakatlar nafaqat EKIHning 10 baravarigacha katta jarima solishga (maqola e’lon qilingan paytda – 1 722 400 soʻm), balki 15 sutkagacha muddatga qamoqqa ham sabab boʻladi.

 

Bu - muhim! Ustav fondida davlat ulushiga ega boʻlmagan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar mol-mulkini qasddan nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik faqat ularning rahbarlari, mulkdorlari yoki vakolatli boshqaruv organlarining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

 

MJtKning 62-2-moddasi boʻyicha ma’muriy javobgarlikni sud qoʻllaydi. Shu bois moddiy zararni yakuniy baholash – u tomonidan amalga oshiriladi. Biroq amaliyotda JK 173-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka “chegaradosh” boʻlgan vaziyatlarda, tergovga qadar tekshiruv oʻtkaziladi. Tergovga qadar tekshiruv chogʻida uni oʻtkazayotgan shaхs zararning miqdori jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     


Samir Latipov.