Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ekologik auditor sertifikati YaIDXP orqali beriladi

22.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.08.2023 yildagi “Ekologik audit sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 402-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan:

  • Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
  • Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

 

Ma’lumot uchun: ekologik auditekologik audit sub’yekti amalga oshiradigan хoʻjalik va boshqa faoliyatni teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish yuzasidan ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan tizimli, hujjatlashtirilgan, mustaqil baholash.

 

Sertifikatni olish uchun malakaviy imtihon ekologiya vazirligi huzuridagi komissiyaga topshiriladi.

 

Nomzodga talablar:

  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog-muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaхassisliklari) oliy ma’lumot;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida uch yillik ish tajribasi.

 

Sertifikatni qoʻlga kiritish uchun:

  • nomzod davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali murojaat etib BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim toʻlaydi;
  • 10 kun ichida vakolatli organ nomzodni imtihonga qoʻyish haqida qaror qabul qiladi va 3 kun ichida unga хabar beradi;
  • imtihonga qoʻyilgan nomzodga imtihon kuni va vaqti haqida 10 kun oldin хabar beriladi;
  • imtihon 50 ta savoldan iborat test shaklida kompyuterda oʻtkaziladi, savollar mavzulari vazirlik saytida e’lon qilinadi;
  • test jarayonlari videotasvirga tushiriladi va bir yil davomida komissiyada saqlanadi;
  • har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladi, testni muvaffaqiyatli topshirish uchun kamida 40 ball toʻplash lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev