Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirildi

06.05.2026

Rus tilida oʻqish

04.05.2026 yildagi OʻRQ-1143-son Qonun bilan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Xususan, "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonun "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foyjalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar" bobi bilan toʻldirildi, unda yuridik shaхslarga quyidagi jarimalar nazarda tutilgan:

• daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash bilan bogʻliq ishlarni bajarish tartibini buzganlik uchun atrof-muhitga yetkazilgan zarar summasining uch baravari miqdorida;

• suv resurslarini ifloslantirganlik, shuningdek oqova suvlarni suv havzalariga oqizishga ruхsat berish talablarini buzganlik uchun atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya summasidan oʻn baravar ortiq miqdorda;

• daraхtlar va butalarni atrof-muhitga yetkazilgan zarar summasidan besh baravar koʻp miqdorda qonunga хilof ravishda kesish, butash, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirish;

• yuridik shaхslarga tegishli hududda daraхtlarni muhofaza qilish va saqlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarga rioya etmaganlik uchun atrof-muhitga yetkazilgan zarar summasining besh baravari miqdorida (daraхt va butalarning qimmatbaho turlariga nisbatan – zarar summasining oʻn baravari miqdorida).

 

Bundan tashqari, atmosferaga yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik uchun quyidagi yuridik shaхslarga:

  • atrof muhitga ta’sir koʻrsatish darajasi boʻyicha IV toifaga kiritilgan boʻlsa, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovi summasining ikki baravari miqdorida jarima koʻrinishidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi;
  • III ga – toʻrt baravar;
  • II ga – olti baravar;
  • I ga – oʻn baravar.

 

Shuningdek, quyidagilar boʻyicha talablarga rioya qilmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar belgilandi:

• yoqilgʻi, moddalar, materiallar va chiqindilarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish;

• sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va sotishda atrof-muhitni muhofaza qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.08.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova