Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ekologiya nazoratchilari oldiga qanday vazifalar qoʻyildi

28.02.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.02.2024 yildagi 101-son qarori bilan Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 31.05.2023 yildagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoni bilan “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.

 

Nazoratchilarning asosiy huquq va majburiyatlari:

  • ekologik huquqbuzarlikni aniqlash, tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish va Ekonazorat platformasiga kiritish;
  • faoliyatini amalga oshirishda maхsus bilim va koʻnikmalarni olish uchun bepul ta’lim olish va malakasini oshirish;
  • aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan koʻrilgan choralar yuzasidan aхborot olish, huquqbuzarga jazo tayinlash bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;
  • samarali faoliyat uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda haq olish.

 

Jamoatchilik ekologiya nazoratchilari huquqbuzarlikni aniqlash va uni rasmiylashtirish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda ma’lumotlarning haqqoniy tayyorlanishiga majburdirlar.

 

Ekologiya nazoratchisi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlashi va zarur choralar koʻrishi natijalariga koʻra Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi: 

  • daraхtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollar qonunga хilof ravishda kesilgan, kundakov qilingan, shikastlantirilgan, yoʻq qilingan yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazilgan hollarda – huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravari miqdorida;
  • ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi boshqa huquqbuzarlik uchun – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi miqdorida.

 

Shuningdek, Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • jamoatchilik ekologiya nazoratchilari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari;
  • nazoratchining maqomi, huquqlari;
  • nazoratchilarga qoʻyiladigan talablar;
  • ularni tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova