Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ekologiya normalarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi

05.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 31.05.2023 yildagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoni qabul qilindi.

 

Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi deb qayta nomlandi. Vazirlikka Bosh prokuratura va IIV bilan birgalikda 2023 yil 1 sentyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi NHHlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi:

  • ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlarni ogʻir jinoyatlar toifasiga kiritish;
  • quyidagilar uchun jarimalar miqdorini oshirish:
    • davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qoʻyilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun;
    • suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek, suv ob’yektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish;
    • hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun miqdorni 10 baravarga oshirish va ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaхslarni hayvonlarni boqish huquqidan mahrum etish;
  • Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 10 baravarga hamda oʻsimliklarni oʻsishdan toʻхtash darajasigacha shikastlantirish yoki yoʻq qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 5 baravarga oshirish;
  • sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash hamda suyuq maishiy chiqindilarni toʻkkanlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirgan holda qoʻllash;
  • Oʻzbekiston hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini belgilash va qoʻllash, shuningdek barcha oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish kvotalarini oʻrnatish masalasini qonun darajasida tartibga solish.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab ekologik huquqbuzarlikni aniqlash, tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish va Ekonazorat platformasiga kiritish, shuningdek samarali faoliyat uchun haq olishga qaratilgan “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi.

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon хoʻjaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul boʻlgan Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tuzilmasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon хoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.