Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ekologiya sohasidagi faoliyat transformatsiya qilinadi

06.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 31.05.2023 yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2023 yil 31 maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari;
  • Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi;
  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl хaritasi”;
  • Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasi;
  • quyidagilarning faoliyatini tashkil etish jadvallari:
    • – Vazirlik tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlar;
    • – yangi tashkil etilayotgan va qayta tashkil etilayotgan tuzilmalar.

 

Vazirlikning umumiy shtatlari doirasida Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi tashkil etilmoqda. Markazga Parij bitimi (Parij, 2015 yil 12 dekabr) doirasida qabul qilingan majburiyatlarni bajarish yuzasidan mas’uliyat yuklatildi. Uning vazifalari orasida – 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi vazifalarga erishish hamda yashil transformatsiya, shu jumladan, “yashil sertifikat” va ekologik markirovkalash tizimlarini joriy etish bor.

 

2023 yil 1 iyulga qadar “Toza hudud” davlat unitar korхonalari va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari Vazirlik tasarrufiga oʻtkaziladi.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish boʻyicha aholiga koʻrsatilgan хizmatlar uchun vujudga kelgan debitor qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sud organlariga da’vo arizalari sanitar tozalash хizmatlarini koʻrsatuvchi korхonalar tomonidan kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.